Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi
Download 73.78 Kb.
|
GANDBOL MUSOBAQALARINI TASHKIL ETISH VA O\'TKAZISH
Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasiO‘yin oldidan hakam jamoa sardorlarini chaqiradi va qur’a tashlaydi. Qur’ada yutgan tomon o‘yinni boshlaydi va maydonning xohlagan tomonini egallaydi. O‘yin maydon markazidan hakamning hushtak chalishi va to‘pni xohlagan tomonga tashlashi bilan boshlanadi. Darvozaga to‘p kiritilgach, o‘yin qaytadan maydon markazidan, to‘p qo‘yib yuborgan jamoa tomonidan boshlanadi. To‘pni sheriklarga bir yoki ikki qo‘llab oshirish, to‘pni qo‘lning har qaysi qismi bilan oshirish yoki tutish mumkin. O‘yinchi to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurmaydi, u to‘pni ikki qo‘lda sherigiga oshirishi yoki zarba berishi lozim. To‘pni ikkinchi marta olib yurish man etiladi. To‘pni qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab bo‘lmaydi. Agar to‘p raqibda bo‘lib, bir qo‘lda tutib turgan bo‘lsa, uni urib chiqarish mumkin, ikki qo‘lida bo‘lsa, urish mumkin emas. O‘yin qoidasi buzilsa, to‘p boshqa jamoaga beriladi va o‘yin erkin to‘p tashlash bilan boshlanadi. Erkin to‘p tashlash erkin zonadan tashqari joyda, hakam hushtagisiz boshlanadi. Bunda hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilari zonadan tashqarida bo‘lishlari kerak. Agar o‘yin paytida to‘pni ikki o‘yinchi ushlab qolsa, tortishuv to‘pi belgilanadi. Bunda har ikkala jamoa o‘yinchisi to‘pdan 3 metr uzoqlashishi zarur, shunda u to‘pni yerga urib o‘yinga kiritadi. Har ikkala jamoa o‘yinchilari bir paytda xato qilsa yoki qandaydir sababga ko‘ra o‘yin to‘xtatilganda ham tortishuv to‘pi belgilanadi. Agar to‘p maydon chizig‘idan chiqib ketgan bo‘lsa, o‘yinchi to‘pni oyoqni yerdan uzmay, chiziq ortidan bir yoki ikki qo‘li bilan o‘yinga kiritishi mumkin. Darvozaga zarba berayotganda chiziqni bosish yoki darvoza maydoniga kirish mumkin emas, to‘pni uloqtirgandan so‘ng u chiziqdan o‘tsa xato hisoblanmaydi. Darvoza maydonida faqat darvozabon o‘ynaydi. U to‘pni har qanday usul bilan (qo‘l, oyoq, tizzalari va boshi bilan) to‘xtatish huquqiga ega. To‘pni darvoza maydonida turib uzatish mumkin emas. Agar himoyachi o‘z darvozaboniga uzatgan to‘p darvozaga o‘tib ketib uni darvozabon to‘xtatsa, 7 metrli jarima to‘pi belgilanadi. Qo‘l to‘pi faqat qo‘llar bilan o‘ynaladi. Agar o‘yinchi uni oyog‘i bilan tepsa, hakam unga erkin to‘p tashlash bilan jarima beradi. Vaqtni cho‘zish uchun ataylab oyoq bilan o‘ynagan o‘yinchi maydondan chiqarib yuboriladi. Darvoza maydonidagi yoki dumalayotgan to‘pni olish mumkin emas. O‘yinchini to‘p bilan qo‘rqitish mumkin emas, buning uchun o‘yinchi maydondan chiqariladi. Raqib to‘pni darvozaga tashlayotganda, uning qo‘lini ushlab qolgan o‘yinchi maydonda yetti metrli jarima to‘pi bilan jazolanadi. Hujumchini turtish, mayka yoki trusigidan tortish, himoyalanish uchun o‘z darvoza maydoniga kirish taqiqlanadi. Maydondagi to‘pni o‘z darvoza maydoniga olib kirish mumkin emas, buning uchun 7 metrli jarima beriladi. Agar to‘p himoyachidan maydon tashqarisiga chiqib ketsa, burchak to‘pi belgilanadi. U yon chiziq va darvoza chiziqlari kesishgan joyda bajariladi. To‘p hakam hushtak chalganidan keyin otiladi. Burchak to‘pi darvozaga kirib ketsa hisoblanadi. Darvozabon ham o‘z darvoza maydonidan to‘pni raqib darvozasiga yo‘naltirib gol urishi mumkin. Darvozabon maydonga chiqib qo‘shimcha o‘yinchi bo‘la oladi, lekin u markaziy chiziqdan o‘tib ketsa, to‘p jamoadan olib qo‘yiladi. Agar to‘pni darvozabon to‘xtatsa yoki u to‘pni urgandan so‘ng hujumchi darvoza chizig‘idan tashqariga chiqib ketsa, to‘pni o‘z sheriklariga yetkazib bera olishi mumkin. Darvozabonga o‘z maydonidan to‘p bilan chiqish, maydon chizig‘i tashqarisidagi to‘pni tutib olish (xatoga yo‘l qo‘yilgan deb, 9 metrli jarima beriladi), to‘pni urishga tayyorlanayotgan o‘yinchini turtish yoki unga tahdid solish (7 metrli jarima to‘pi beriladi yoki maydondan chiqariladi) man etiladi. Maydondan chiqarilgan darvozabon o‘rnini zaxiradagi o‘yinchi egallaydi, lekin maydondagi bir o‘yinchi chiqarib yuboriladi. Gandbolda erkin to‘p, yetti metrli jarima va aybdor o‘yinchini vaqtincha maydondan chiqarib yuborish singari uch xil jazo turi bor. Buzilgan qoida unchalik qo‘pol bo‘lmasa, o‘sha joydan erkin to‘p tashlash belgilanadi. Qo‘pol xato uchun o‘yinchi 3 va 5 daqiqaga yoki o‘yin oxirigacha almashtirishsiz o‘yindan chetlashtirilishi mumkin. Bunda jamoa bir o‘yinchisiz o‘yinni davom ettiraveradi. Agar hujumchi gol urayotganda qoidani buzsa, darvoza tomonga 7 metrli jarima belgilanadi, ba’zida o‘yinchi maydondan chiqarib yuborilishi mumkin. To‘qqiz metrli jarima to‘pi. Bunda raqibning jamoa a’zolari 9 metrli chiziqdan ortda turadilar. Himoyalanayotgan jamoa a’zolari esa darvozabonga orqa o‘girib turadilar (96-rasm). Zarba berilayotganda hakam hushtak chalishi shart emas. To‘pni darvozaga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki uni o‘zaro oshirib turib ham urish mumkin. Yetti metrli jarima to‘pi gandbolda katta jazo hisoblanadi. Uni darvozabondan tashqari har qanday o‘yinchi bajarishi mumkin. Zarba chog‘ida barcha o‘yinchilar 9 metrli chiziqdan tashqarida turadilar. Zarba berayotganda 7 metrli chiziqni bosish, tayanch oyoqni yerdan uzish mumkin emas. Qoidani buzib urilgan gol hisoblanmaydi, o‘sha joydan erkin to‘p belgilanadi. 7 metrli jarima to‘pi paytida darvozabon darvozadan 3 metrdan ortiq chiqishi mumkin emas. Download 73.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling