Gap – sintaksisning tekshirish
Download 75 Kb.
|
1 2
Bog'liqGap – sintaksisI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Gapning tuzilish jihatdan bo’linishi: sodda va qo’shma gaplar. 6. Gapning ifoda asosiga ko’ra bo’linishi: to’liq va to’liqsiz gaplar.
Gap – sintaksisIReja: 1. Gap – maqsad, fikr va his-tuyg’ularni ifodalash vositasi. 2. Gapning kommunikativ maqsadiga ko’ra turlari: darak, so’roq va buyruq gaplar. 3. Gapning emocionallikka ko’ra bo’linishi: emocional va noemocional gaplar. 4. Gapning voqelikka munosabat jihatdan bo’linishi: tasdiq (bo’lishli) va inkor (bo’lishsiz) gaplar. 5. Gapning tuzilish jihatdan bo’linishi: sodda va qo’shma gaplar. 6. Gapning ifoda asosiga ko’ra bo’linishi: to’liq va to’liqsiz gaplar. Tafakkur moddiy dunyoning kishi ongda ob`ektiv aks etishidir. Inson moddiy dunyoni sezgi, idrok, tasavvur orqali anglaydi va uni tushunchalar, hukmlar, hulosalar bilan umumlashtiradi. Hukm tafakkurning muayyan bir shakli uni umumlashtiruvchidir. Til tafakkur ishining natijalarini gapda ifodalaydi va mustahkamlaydi. Shu tariqa fikr almashish imkoniyati vujudga keladi. Til kategoriyalari tafakkur kategoriyalari bilan ma`lum munosabatda bo’ladi. Biroq tafakkur bilan tilni aynan bir-biriga o’xshash hodisalar deb qarash va ularni shu nuqtai nazardan bir qatorga quyi o’rganish noto’g’ri. Chunki til bilan tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari va farqlari bordir: Hamma halqlar uchun fikrlash qonunlari bir, ammo fikrni ifodalash usullari har xil, ya`ni gap tuzish har xil. Bir fikrning o’zi turli qurilishli gaplarda va shakllarda ifodalanadi. Fikr ifodalashda hukm elementlari sub`ekt, predikat bo’lishi shart. Gapda xar doim yoki ega yoki kesim va ikkinchi darajali bo’laklar bo’lishi shart emas. Tafakkur tushuncha va hukm orqali ish ko’rsa, til so’z, so’z birikmasi va gap orqali ish ko’radi. Aloqa-aralashuv vositasining eng kichik birligi gapdir. Gap tuzish modellari til birligi bo’la, aniq gaplar nutq birligidir. Ob`ektiv bog’liq va unga bo’lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg’u anglatib, tugal intonaciyaga ega bo’lgan so’z hamda grammatik qonan-qoidalar asosida o’zaro birikkan so’zlar bog’lamasi gap deyiladi. Gapning asosiy mantiqiy-grammatik belgilari quyidagilar: Har qanday gapda ob`ektiv borliq va unga bo’lgan munosabat ifoda qilinadi. So’zlovchi shaxsning aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabati predikativlikdir. Predikativlik gapning grammatik ma`nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi kategoriya bulib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo’lgan munosabatini modallikda ham, zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi kategoriyadir. Masalan, Faqat Azizaxon aftodaxol o’tirardi (S.Ahmad) gapida predikativlik uchinchi shaxsni, birlikni birlikni hozirgi zamon, so’zlovchining voqelikka bo’lgan qat`iy ishonchini ifodalagan. Modallik predikativlikning tarkibiy qismi bo’lib, fe`l mayllari, modal so’zlar bilan ifodaqilinadi. Umuman, predikativlik sintaktik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridan farq qiladi. Sintaktik mayl, zamon shaxs-son kategoriyalarining ma`nosi kengdir: bir mayl, shaxs-son shakli nutq jarayonida boshqa mayl, zamon, shaxs-son ma`nolarini ifoda qilish uchun ham qo’llanilishi mumkin. Har qanday qurilma gap bo’lib kelishi uchun tugallangan intonaciyaga ega bo’ladi. Jonli nutqda bir gap ikkinchi bir gapdan intonaciya (pauza) bilan ajralib turadi. Yozuvda esa, bu tegishli belgilar (nutqda so’roq, undov belgilari) bilan ko’rsatiladi. Mana shu belgiga ega bo’lmagan ayrim predikativ qurilmalar gap hosil qilmay, birikmali aniqlovchi hisoblanadilar: Zulfiya o’qigan kitob juda qiziqarli ekan. Uzoqdan buyi baland yigit ko’rindi. Gapda fikrning barcha shakllari (darak, so’roq, buyruq) ifoda qilinadi. Bular nisbiy tugal bo’ladi. Demak, gap fikr shakllarining birortasiga ham teng bo’lmaydi. Gap doirai ulardan keng. Gap grammatik kategoriya, fikr shakllari esa mantiqiy kategoriyalardir. Gap bir so’z yoki so’zlar bog’lamaidan tashkil topadi. Bir so’zning gap bo’lib kelishi maxsus intonaciya tufaylidir. Bunda predikativlik intonaciya orqali ifodalanadi. Baxor. Hamma yoq ko’m-ko’k. Zilzila! Shamol! Odam! Gap so’zlar bog’lamasidan iborat bo’lgan, uning bo’laklari ma`lum grammatik qonun-qoidalar asosida sintaktik aloqaga kirishadilar. Bu til gaplarda predikativlik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so’zlar bilan ifodalanadi: Qirdan gir-gir shabada esadi (Oybek). Demak, har qanday gapning grammatik shaxs, zamon, tasdiq-inkor, modal kategoriyalari mavjud. Bundan tashqari, gapning ifoda maqsadi kategoriyasi va komunikativ (aktual) kategoriya ham gapning grammatik kategoriyalari sirasiga kiradi. Gapning tavsifi. Gaplar o’zining quyidagi belgilariga uo’ra tasnif qilinadi: -kommunikativ maqsadiga ko’ra; -emocionallikka ko’ra; -voqelikka munosabatiga ko’ra; -ifoda asosiga ko’ra; -kommunikativ vaziyatiga ko’ra; -muchalari xarakteriga ko’ra; tasnif gapning tashqi tomoni-tuzilishi va ichki tomoni-mazmuni hisobga olinadi. Gapning kommunikativ maqsadga ko’ra turlari. Gapni kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadga ko’ra turlarini ham ichiga oladi. Gapning kommunikativ maqsadiga ko’ra turlari nutqiy aloqa turiga asoslanadi. Shunga ko’ra, gaplar kommunikativ maqsadiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: darak, so’roQ, buyruq gaplar. Ba`zi ishlarda ularning istak gaplar turlari ham ajratiladi. Darak gap. Borliq xodisalarni tasdiq yoki inkor bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi: Ku xavosi iliq edi. Kechki gullar ochilib turibdi. Ko’kda tanho oy kezmoqda (I. Rahim). Darak gaplar xabar, orzu-umid, taajub, tashvish, gina, kinoya kabilarni ifoda qiladi. Darak gap ba`zan istak, gumonni ifoda qilishi mumkin: Bugun teatrga borsak: Zulfiya tezda kelib qolar. Paxta-davlat ishi, xalqning suyangan tog’i. Darak gapning sintaktik shakli bilan sintaktik ma`nosi o’rtasida mutanosiblik mavjud: sintaktik darak ma`nosi gapning sintakti darak shakli orqali ifodalanadi. Darak gapning kesimi ko’pincha aniqlik maylining o’tgan, hozirgi, kelasi zamon shakllari bilan, ba`zan shar-istak ma`nolari bilan ifodalandi. Darak gap xabar intonaciyasi bilan aytiladi. Bunda ohang gapning birinchi qismida ko’tariladi, ikkinchi qismida esa pasayib boradi. Darak gap nutqda, gapning boshqa turlariga qaraganda, ko’p qo’llaniladi. Hatto, butun-butun matnlar ham darak gaplardan tashkil topadi. So’roq gap. So’zlovchiga noma`lum bo’lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa belgi haqidagi so’roqni ifoda qiluvchi gaplar so’roq gaplar deyiladi: Bu to’qaylar hali o’zlashtirilmagan ekan-da opa? (X.G’ulom) So’roq gaplarda quyidagilar ifoda qilinadi: 1) sof so’roq: Mashg’ulot boshlandimi? Qachon safarga boramiz? So’roq gaplarda so’roq bilan bir qatorda taajub, gumon, shubha anglatilishi ham mumkin: Nahotki, institutda ta`lim olayotgan kishiintizomsizlik ham mumkin: Nahotki, institutda ta`lim olayotgan kishi intizomsizlik qilsa? («Sharq yulduzi»). 2) ritorik so’roq. Bunda so’roq mazmunidan uning mazmuni anglashilib turadi. Bunday gaplar emocional nutq uchun uslubiy vosita bo’lib xizmat qiladi: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi! (Oybek). 3) so’roq-buyruq. Bunda so’roq-buyruq ottenkasiga ham ega bo’ladi: tez-tez yurmaysanmi? So’roq gaplar quyidagi vositalar bilan tuziladi: -so’roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordami bilan: Maxfiy bo’lmasa, mazmunini bilishim mumkinmi? («Sharq yulduzi»). -naxot, naxotki yuklamalari bilan: Naxotki, bugun yomg’ir yog’sa? -so’roq olmoshlari yordamida: Sportda kimlar g’olib chiqdi? -so’roq intonaciyasi yordamida. Bunda intonaciya ko’tariluvchi, pasayuvchi, ko’tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo’ladi. So’roq gap ko’tariluvchi intonaciya bilan aytilganda mantiqiy urg’u olgan bo’lak gap oxirida bo’lib oxang ko’tarilib boradi: Bugun qor yog’adi? So’roq gap pasayuvchi intonaciya bilan aytilganda, mantiqiy urg’u olgan bo’lak gap boshida kelib, oxang pasayib boradi: Shammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»). So’roq gap ko’tariluvchi-pasayuvchi intonaciya bilan aytilganda, mantiqiy urg’uolgan bo’lak gap ichida keladi. Ohang bungacha ko’tarilib, keyin pasayadi: Hammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»). So’roq gap so’roq olmoshlari.yu so’roq yuklamalari yordamida hosil bo’lganda, so’roq intonaciyasi ta`kidlanish zarur bo’lgan bo’laklarda ko’tariladi: Qachon? U nima dedi? – Xol so’radi? So’roq gaplar oxirida yozuvda so’roq belgisi quyiladi. Ritorik so’roq gaplar oxiriga so’roq va undov belgilari quyiladi. So’roq gaplar ko’proq dialogik nutq uchun xarakterlidir. Buyruq gap. Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gap deyiladi: ehtiyot bo’l! Ko’zingga qarab qadam bos (P.Tursun). Buyruq gaplarda buyruq, maslahat, iltimos, g’azab, duk kabilar ifoda qilinadi: Topshiriqni o’z vaqtida bajar! (Buyruq) yangidan chiqqan adabiyotlar bilan tanishib boring (Maslahat) – Tur urningdan! Menga aytmoqchi bo’lgan xasrating shumi? Chiq uydan (Duk, g’azab). Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr kuproq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining II-shaxs shakli bilan ifodalanadi: v-o-oy, yondim! Ado bo’ldim… Suv! Suv beringiz! Qutqaringlar! («Sharq yulduzi»). Ba`zi buyruq gap kesimi buyruq maylining I va III shaxs shakllari bilan ifodalanadi: A`lo o’qish uchun qarashaylik! Meni ruyxatga yozib quysin («Sharq yulduzi»). Buyruq gap kesimi harakat nomi, kerka (zarur, lozim, darkor) konstrukciyalari bilan ham ifodalanadi: Bosh rejani tezda amalga oshirish kerak (Yashin). Va`daga vafo qilmoq zarur (Maqol). Buyruq gap intonaciya bilan aytiladi. Ohang darak gapdagiga nisbatan kuchli, so’roq gapdagiga nisbatan kuchsiz bo’ladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga qarab, ohang o’zgarib turadi: buyruq, duk, g’azab ifodalanganda, ohang kuchli, maslahat, iltimos ifodalanganda ohang kuchsiz, xabar intonaciyasiga yaqin bo’ladi. Birinchi xolatda yozuvda gap oxirida undov belgisi, ikkinchi xolatda nuqta quyiladi. Gaplarning emocionallikka ko’ra turlari. Gaplar emocionallikka munosabat jihatidan ikki turlidir: emocional gaplar va emocional bo’lmagan gaplar. Darak, so’roq, buyruq gaplar emocional bo’lmagan gaplardir. emocional gaplar undov gap deb ham yuritiladi. Fikr kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gapi deyiladi: Mana, otangiz sohib sarkordan iborat olsangizchi! (N.Safarov). Darak, so’roq, buyruq gaplar hisqhayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko’ra, undov gaplarning darak-undov, so’roq-undov, buyruq-undov turlari hosil bo’ladi.. Darak undov gap: Hammamiz imtixonlarni muvaffaqiyatli topshiriq! («Sharq yulduzi»). So’roq-undov gap: Axir, bog’dorchilik ishini yaxshi qurgan, butun umrini yangi bog’lar, yangi xil meva navlari yaratishga beg’ishlangan odam uchun olti gektar erdagi bog’dan ajralish osonmi? (S.Zunnunova). Buyruq-undov gap: O’g’il-qizlaringizni o’qiting! (N.Safarov). Undov gaplarda shodlik, quvonch, taajub, qayg’u, afsuslanish, mamnunlik, tashakkur va rag’batlantirish, achinish, nafrat, his-hayajon ifoda qilinadi: Barakalla, barakalla, o’g’lim! (Tabrik). Obidjon – Taxsin va ofarin! (S.Abdulla). (Rag’batlantirish). Tavba! (Taajjub) Ox, ox, ox! Otangizga rahmat! Kamol toping, do’stim (Hisqhayajon) Kuz fasli qanday yaxshi! (Quvonch). Undov gap tzilishida undov intonaciyasining roli kattadir. Shu bilan birga, quyidagi leksik va grammatik vositalar ham undov gaplarni hosil qilishda ishtirok etadi: Qanday, naqadar kabi emocional-kuchaytiruv ma`nosidagi so’zlar: Qanday qilib qutqarasan, qani! («Sharq yulduzi»). Undov so’zlar: Ox, bu qanday dahshat! (Ch.Aytmatov). Ana, mana so’zlari: Mana Zulfiya! Bog’da tanho o’tirib, nima haqidadir bosh qotiryapti («Sharq yulduzi»). Maxsus intonaciya: bu erning havosi – ana shunaqa sehrli havo! («Sharq yulduzi»). Undov gaplar ko’tarilgan ohang bilan aytiladi. Odatda, hisqhayajon ifoda qilayotgan bo’lak kuchli ohang bilan aytiladi. Darak-undov, buyruq-undov gaplar oxiriga yozuvda undov belgisi, so’roq-undov gaplar oxiriga so’roq va undov belgilari quyiladi. Agar gap juda kuchli hisqhayajon bilan aytilsa, ikki yoki undan ortiq undov belgisining quyilishi mumkin. Gaplarning voqelikka munosabat jihatidan turlari. Gaplar voqelikka munosabat jihatidan quyidagilarga bo’linadi: tasdiq (bo’lishi) gaplar va inkor (bo’lishsiz) gaplar. Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi, inkor gaplar esa bunday munosabtlarning mavjudlagini inkor qiladi. Qiyos qiling: O’rik gulladi – O’rik xali gullamagan. Tasdiq va inkor kategoriyali orasida bog’lanish mavjud: xar qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chikadi: Zulfiya kamtar (Demak, maqtanchoq emas). Zulfiya maqtanchoq (Demak, kamtar emas). Inkor gaplar tasdiq asosida maxsus inkor ko’rsatkichlari yordamida hosil bo’ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko’rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi. Inkor gaplar tubandagi yordamida xosil bo’ladi: 1. Kesim tarkibida kelgan –ma shakli emas va yo’k suzlar orqali: Avdiy tushunmadi (Ch.Aytmatov). menga buning sira alokasi yuk («sharq yulduzi»). 2. Maxsus inkor ifoda qiluvchi so’zlari orqali: Odatda, bu so’zlarning o’zlariga inkor ifoda etmaydi. Kesimlar xam inkor shaklida keladi: tashqrida xech kim ko’inmas edi («Sharqyulduzlari»). Takrorlanib kelgan va yordamchisi orqali: Aziz na choy ichdi, na yotib dam oldi («Sharq yulduzi»). Gapda ikki inkor vositasining qo’llanishi tasdiq mazmunini beradi: Avdiy yangi vazifani bajarmay quymaydi (Ch.Aytmatov). Bexzodning Toshkent sayohatiga berish fikri yuq emas («Sharq yulduzi»). Ritorik suroq va undov gaplarning ba`zi tiplarida kesim inkor shaklida bulsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin. Mayin shabada kimga yoqmaydi (Hammaga yoqadi). Gapning tuzilish jihatdan bo’linishi. Gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bulinadi: sodda va o’ushma gaplar. Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo’lib- ma`lum bir fikrni ifoda qiladi. qushma gaplarning struktura asosi esa ikki yoki undan ortiq bo’lib- bir murakkab fikrni ifoda qiladi- Bahor keldi. Bahor keldi va gullar ochildi. Gapning ifoda asosiga ko’ra bulinishi. Gaplarning struktura asosi bir bosh bo’lak (ega yoki kesim) hamda ikki bosh bo’lakdan tashkil topishi mumkin. Shunga kura- sodda gaplar ikki sostavli va bir sostavli gaplarga bo’linadi. Ikki sostavli gaplarda gapning struktura asosi ega va kesimdan tashkil topadi: Dunyo bir kattakon ko’l («Sharq yulduzi»). Bir sostavli gaplarda gapning struktura asosi yo ega, yo kesimdan iborat buladi: Do’sting uchun zahar yut (Maqol). Martning oxirgi kunlari. Ko’k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti (A-qaxxor). Gapning kommunikativ vaziyat jihatdan bo’linishi. Gaplar ma`lum fikrni ifoda kilishi uchun zarur bulgan kommunikativ vaziyatga kura to’liq gap va to’liqsiz gaplarga bo’linadi. To’liq gaplarda ma`lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bulaklarning barchasi ifodalangan bo’ladi: ertaga butun mamlakatdan kelgan odamlar bilan ro’para bo’ladi (S.Karomatov). To’liqsiz gaplarda ma`lum fikrni ifoda qilish uchun zarur bo’lgan bo’laklarning ma`lum qismi tushirilgan yoki yashiringan bo’ladi, lekin fikr to’liq bo’ladi: -Sulton akam Ispaniyada Ahmadjon. -Ispeniyada? -Xa (A.Muxtor). Gaplarning muchallari xarakteri jihatidan bo’linishi. Gapning muchallari xarakteri jixatidan ikkiga bo’linadi: banklarga ajraladigan gaplar va bo’laklarga ajralmaydigan gaplar. Bo’laklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali gaplarga ajraladi: U tilmochlik qilib yurgan kezlarda shaharning qazo-qazolari bilan og’iz-burun o’pishib qoldi (S.Ahmad). Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar ega va kesim sostaviga ajralmaydi. Bular bir so’z yoki bo’laklarga ajralmaydigan, yoki boshqa so’zlar bilan kengayib kelmaydigan so’z birikmalari bilan ifodalaniladi: -Salom, dada. -Salom, qizim (X.Olimjon). Gapning muchallari ishtirokiga ko’ra bo’linishi. Gaplar ikkinchi darajali muchallarning ishtirokiga ko’ra yig’iq va yoyiq gaplarga bo’linadi. Yig’iq gaplar faqat bosh bo’laklardan iborat bo’ladi: Mashg’ulot boshlandi. Kuz. Hamma etishtirilgan xosilni yig’ib-terib olish bilan band («Sharq yulduzi»). Yoyiq gaplar bosh va ikkinchi darajali bo’laklardan tashkil topadi. Bunda ikkinchi darajali bo’laklarning bir-ikkitasi yoki barchasi ishtirok etishi mumkin: O’zbekiston halqi tinchlik uchun astoydil kurashmoqda («Halq so’zi»). elning og’ziga elak tutib bo’lmaydi (Maqol). Ko’m-ko’k dala. Sayohatchilar dam olishyapti («Sharq yulduzi»). Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling