Gap bo'iaklari


Download 101.5 Kb.
bet2/9
Sana17.02.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1205808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Gap bo\'laklari

Sifatdosh bilan: ishlagan tishlaydi (Maqol).

  • Sifat bilan: Yaxshi yetar murodga, yomon qolar uyatga(Maqol).

  • Taqlidiy so'z bilan: Ichkaridan odamlarning shov-shovieshitiidi.

  • Birikmalar: O'ylamay gapirgan og'rimay o'lar. (Maqol.).

    Kesim va uning ifodalanishi


    Eganing belgismi, hukmni tasdiq yoki inkor yo'li bilan ifodalaydigan bosh bo'lak kesim deyiladi.Eganing belgisi harakat. . holat, xususiyat, sifat kabi mazmunlarni bildiradi.
    Kesim egaga tobe bo'lib o'ziga bog'Ianiib kelgan so'zlarda nisbatan hokimdir. Masalan: Bu yil bahor ancha kech keldi.
    Kesim so'z turkumlari bilan ifodalanishiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) fe'l kesim, 2) ot kesim .
    Fe'l kesim. Fe'l va uning tuslangan shakllari ravishdosh shakli bilan ifodalanib kelgan kesim fe'l kesim deyiladi. Masalan: Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. (A. Q.) Men xayol surib ketdim. (H. 0.)
    Ot kesim. Fe'ldan boshqa so'zlar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ular quyidagicha:
    Ot bilan; Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi-loy (Maqol).
    Sifat bilan: Mehnat qilgan elda aziz.
    Vatan - ona so'zi naqadar aziz Sensan har narsadan mo'tabar laziz (U.)
    Son bilan: ikki o'n besh - bir o'ttiz, ikki - yorti bir butun. (Maqol.)
    Olmosh bilan:
    Bizda odat mana shu edi,
    Ba saodat mana shu edi (H. 0.)
    Xolmurodning jonajon o'qituvchisi - o'sha(P.T.)
    Ravish bilan: Bizda a'lochilar ko'p. Kerilma qiz, hunaring oz. G'alaba yaqin. Harakat nomi bilan: Sevmoq - sevilmoq. Modal so'z bilan: O'limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo'q (A. Q).
    Kesim tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim, murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim va sodda fe'l kesim.
    Sodda ot kesim yakka ot, sifat, son. olmosh, ravish, harakat nomi, undov taqlidiy so'z bilan ifodalanadi: Masalan: O'zbekistonning poytaxti - Toshkent.
    Fe'l va uning vazifadosh shakllari bilan ifodalangan kesim sodda fe'l kesim deyiladi. Masalan:
    Maktabda o'tkazilgan shaxmat musobaqasida Odil yutdi. Shamol qumni uchirdi.
    Murakkab kesim ham ikki xil: murakkab fe'l kesim va murakkab ot kesim ikki va undan ortiq fe'llar bilan ifodalangan kesim murakkab fe'l kesim deyiladi. Masalan:
    Uchovlari molxonalarni ko'rib chiqishdi. (P. Q.) Ahmad kitobini o'qib tugatdi. Ot yoki bog'lama hamda to'liqsiz fe'l ko'rinishidagi qo'shilma bilan ifodalanadigan kesim murakkab ot kesim deyiladi. Masalan: O'ktam o:n ikki yashar bola edi. (O.) Odam qo'li cho'lni bo'ston qiladi. Ayrim hollarda yozuvda kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi.
    1) Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib kesimlik qo'shimchasini olmaganda.
    Bu yeming xo'jayini - biz. Ikki karra ikki - to'rt.

    1. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,kesimlik qo'shimchasini olmasa: Bir ko'rgan bilish - ikki ko'rgantanish. (Maqol.)

    2. Ega ko'rsatishi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlikqo'shimchasi bo'lmasa: Bular - mening do'stlarim, och-yalang'ochkafangadolar(O.) Bu uy -kimniki?

    Download 101.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling