Gap bo'iaklari
Download 101.5 Kb.
|
Gap bo\'laklari
Ot bilan: Po'lat pichoq qinsiz qolmas. (Maqol.) Oltin boshoqlar shitirlaydi. Temir darvozadan kiriladi.
Sifatlovchi bilan ifodalanishi: Aytilgan so'z—otilgan o'q. (Maqol.) Gurillagan shabada sekin esadi. Ravish bilan: Qirning uzoq-yaqin yon bag'irlaridan qo'y-qo'zilarning ma'rashi eshitilib turar edi. Husniddin mardlarcha tepalikni himoya qildi. Taqlidiy so'z bilan ifodalanishi: Qisliloqqa sen haqingda duv-duv gap tarqalgan. G'uj-g'uj oppoq tutlar shoxlarida marjondek tizilib turishibdi. (P. T.) Atrofda g'uv-g'uv pashsha. (O.) Kampir so'zini tugatmasdanoq "miyov" degan ovoz eshitildi. (Sh. S.) Aniqlovchining bunday shakli aniqlanmishga bitishiv yo'l bilan birikadi. Ayrim paytda sifatlovchi birikma holida ham kelishi mumkin. Masalan: Shu topda daraxtlar orasidan otilib chiqqan kiyik Alisherni hidladi, erkalanib surkaldi. (O.) Qattiq yerdan tatalab chiqqan boychechak, Yumshoq yerdan yumalab chiqqan oychechak. (U.) Qaratuvchi. O'zi ifoda qilayotgan shaxs yo predmetga boshqa bir shaxs yoki predmetning qarashli ekanligini bildiruvchi aniqlovchi turi qaratuvchi deyiladi. Qaratuvchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: Ot bilan. Xalqni jondan sevgan Alisher Navoiy insonning haq-huquqlarini himoya qiladi va baxt-saodat uchun kurashadi. (0.) Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha. (U.) Olmosh bilan. Osmonlarda mening ham bitta lochin akam bor. (Qo'shiq.) Bizning Vatanimiz ozod va hur O'zbekiston. (Tele eshittirishdan.) Otlashgan sifat bilan. Yaxshining yaxshiligini ayt nuri toshsin, Yomonning yomonligini ayt quti qochsin. (Maqol). Otlashgan sifatdosh bilan. Maqtanganning to'yiga, kerilganning uyiga borma. (Maqol.) Izohlovchi. Shaxs yoki predmetni boshqacha nom berish yo'li bilan aniqlaydigan aniqlovchining bir turi izohlovchi deyiladi. Izohlovchi, odatda, ot bilan ifodalanib, quyidagi ma'nolami bildiradi. 1. Unvonni: Akademik Shoabdurahmonov atoqli o'zbektilshunosidir. Zobit Aslonov mashg'ulotlarni katta mahorat bilano'tkazadi. Mashg'ulot kasb, mutaxassislikni: shoir Usmon Azim tog'liBoysunda tug'ilgan. O'qituvchi Rahim Ahmedov matematikadandars bergan. Amalni: Yo'lboshchi G'ayrat akam g'oyat ajoyib ekan.(M.A.) Hisobchi Marat aka qishloqqa keldi. Laqabni: Xurshida bonuni yangi libosda ko'rib yana boyagidaybir daqiqa tikilib qoldi. (O. Yo.) Toshpo'lat tajang nima deydi. Qarindoshlikni yoki shunga o'xshatilgan munosabatni:Sochlari oqargan bu professor, Ernazar akaga qarab qarsak chalibyubordi. (I. R.) Taxallusini: Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek o'zbekadabiyotiga katta hissa qo'shdi. Muhammad Aminxo'ja Muqimiyo'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakilidir. O'xshash belgi mustaqillik so'zi naqadar laziz (U.) Bizgaerk berdi mustaqillik - ozodlik - quyosh. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling