Gap bo'iaklari
Amaliy mashqlar. Ikkinchi darajali bo'laklarni
Download 101.5 Kb.
|
Gap bo\'laklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 50-mashq.
Amaliy mashqlar. Ikkinchi darajali bo'laklarni
sintaktik tahlil qilish tartibi va namunasi Ikkinchi darajali bo'laklami belgilash. Aniqlovchi, to'ldiruvchi. hoi, so'roglari, turi, ifodalanishi.Masalan: Menga ro'molchasini bergan o'shal qiz. Rangi somon bo'pti allaqachonlar. (Qo'shiq.) menga - to'ldiruvchi, kimga? vositali, olmosh bilan ifoda-langan, ro'molchasini to'ldiruvchi, nima? vositasiz. ot bilan ifodalangan. bergan - aniqlovchi, qanday? Sifatdosh bilan ifodalangan, sifatlovchi aniqlovchi. o'shal - aniqlovchi, qanday? Olmosh bilan ifodalangan. qiz - aniqlovchi, belgisiz qaratqichli aniqlovchi, ot bilan ifodalangan, allaqachonlar—hol, qachon payt holi, ravish bilan ifodalangan. 49-mashq. Ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlab, ularning tagiga chizing, turlari, so'rog'i va qanday so'z turkumi bilan ifodalanganini ayting, l.Tashqarida hamon chaqmoq yaltirar va bahor yomg'iri salobatli shovillardi.(P.Q.) 2. G'ulomjon ovoz egasini tanidi(M.L) 3. Agar qiz toqqa ketsa, cholga bir kun bir yilday tuyila beradi.(Sh.R.) 4. Milliy g'oya millat tafakkurining mahsuli, inson va jamiyat hayotiga ma'no, mazmun baxsh etadigan, uni ezgulik sari yetaklaydigan fikrlar majmuasidir. ("Milliy istiqlol g'oyasi"') 5.Baxtli yoshligimiz uchun jonajon davlatimizga minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.. 50-mashq. Quyidagi ko'rsatkichlar asosida gaplar tuzing. 51-mashq. Ushbu she'riy parchadagi hol va to'ldiruvchini aniqlang. Mana senga olam-olam gul, Etagingga siqqanicha ol Bunda tole har narsadan mo'l, To o'lguncha shu o'lkada qol. (H.O. Adabiyotlar: H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005 M.Mirzayev, C.Usmonov, I.Rasulov. O’zbek tili. T.,1978 O’zbek tili leksikologiyasi. T., 1981. B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007 Ne’matov H., Rasulov R. O’zbek tili system leksikologiyasi asoslari. T., 1995. Safarova R. Leksik-semantik munosabatning turlari. T., 1996 Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001 S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2001 S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003. www.ziyonet.uz Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling