Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball)
Download 13.88 Kb.
|
Gapirish
Gapirish (15 daqiqa / 3 qism / 30 ball) Og‘zaki nutq bo‘limining maqsadi nomzodning fikrini chet tilida og‘zaki tarzda to‘g‘ri va ravon ifodalay olish qobiliyatini tekshirishdir. 1-qism (1-5 savollar): shaxsiy qiziqishlarga oid yoki tanish, kundalik mavzularda tayyorgarliksiz suhbat; ommabop masalalar boyicha ma’lumot bera olish va fikrni bildirish. Bunda suhbat tarzida talabgorga kundalik mavzularda, shaxsiy hayotiga oid savollar beriladi va talabgor berilgan savollarga tayyorgarliksiz javob bera olishi lozim. Bu qism 4 daqiqa davom etadi. 2-qism (6-savol): tayanch savollar asosida tanish mavzularda qisqa, mantiqiy fikrlar bilan taqdimot qilish. Talabgorga tayanch savollar keltirilgan kartochka beriladi va nomzod berilgan kartochkadagi tayanch savollar asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi. Savollar nomzodning shaxsiy hayotiga oid mavzular doirasidan olinadi (masalan, yoqtirgan filmi, qiziqishlari va hokazo). Talabgorga tayyorgarlik uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. 3-qism (7-savol): orzu-umid, xohish-istak, rejalarni tasvirlash. Talabgor berilgan muammoli vaziyat asosida 2 daqiqali monolog tuzishi talab qilinadi (masalan, ertaga imtihon va siz unga tayyorgarlik ko`rishingiz kerak, lekin kompyuteringiz buzilib qoldi. Nima qilasiz?) Nomzodga tayyorgarlik uchun 1 minut vaqt beriladi. Og‘zaki nutq bo‘limi ikki nafar imtihon oluvchi tomonidan o‘tkaziladi. Birinchi imtihon oluvchi suhbatni olib boradi va nomzodning baholarini belgilangan 4 ballik baholash mezonlari asosida baholab boradi: kommunikativ samaradorlik (qo‘yilgan maqsadga erishilganlik), matnning izchilligi va mantiqiy bog`langanligi, nutqning grammatik tuzilishi (nutqda chet tili grammatik qoidalariga rioya qilish), so'z bo‘yligi (qo‘yilgan maqsadga erishish uchun zarur leksik resurslardan foydalanish darajasi), talaffuz va ohangning chet tili fonetik normalariga mosligi. Ikkinchi imtihon oluvchi og‘zaki imtihon so‘ngida 5 ballik tizim asosida umumiy baho beradi. Download 13.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling