Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari
Download 55 Kb.
|
1405656188 56014
Gapning kirish va kiritma kengaytiruvchilari. Undalma Режа
Kirish kengaytiruvchilar Kiritma qurilmalar Undalma Kirish kengaytiruvchilar. Gap [Pm] tarkibida mayl/modallik ma‘nolari ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o’zigina gapni tashkil etadi degan qarashlar ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vositalar bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat‘iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma‘nolar ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so’z birikmasi hosil qilmagan bo’lsa-da, Pm dagi mazkur ma‘nolarga bevosita daxldor bo’lgan sub‘ektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko’plab uchraydi: 1.Aka, bugun ota-onalar yig’ilishiga dadam borardilarmi? - Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2.To’g’ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, - dedi Saida. 3. Bu chol, qizinig so’ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz o’ylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz. Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, [Pm] tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma‘nolarini muayyanlashtiradi, ya‘ni gapning kesimi bilan mazmunan bog’lanadi. Shu boisdan ular modal yoki kirish kengaytiruvchilar deb ataladi. Kirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo’laklari sanalmish ega va hollar kabi faqat va to’g’ridan-to’g’ri gap markaziga munosabatda bo’ladi. Biroq kirish kengaytiruvchilar Pm ga grammatik jihatdan bog’lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo’llab bo’lmaydi. Biroq, unga zich mazmuniy munosabatda bo’lganligini inobatga olib ularni bo’lak, gap bo’lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchilar so’z va gap kengaytiruvchilari oralig’idagi «oraliq uchini» bo’lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo’lmagan bo’lagi atamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo’lmagan degan qismi hodisaning so’z kengaytiruvchilari sifatiga egaligini ko’rsatsa, bo’lak uzvi gap kengaytiruvchilar sirasiga daxldorligini bildiradi. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling