Gapning uyushiq bo'laklari
Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar
Download 101.5 Kb.
|
GAPNING UYUSHIQ BO\'LAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soz—gaplar haqida tushuncha
- Toliq va toliqsiz gaplar
Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplarAvvalo, sodda gaplar bo'laklarga ajralish-ajralmasligiga ko'ra ikki turli: bo'laklarga ajraladigan gaplar va bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar bo'ladi. Bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga ajraladigan gaplar bo'laklarga ajratiladigan gap deyiladi. Tarkibidagi ega va kesim bo'laklarni ajratib bo'lmaydigan gaplar bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar deyiladi. Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar dialogik nutqda qo'llanadi va ko'rinishi quyidagicha: Tasdiq yo inkorni: Mayli, xo'p, yaxshi, yo'q. So'roqni: Rostmi? Bo'ptirni?. Rasm-odatni: Omonlik. Sog'lik. Assalom. Tahsinni: Balli. Ofarin. Rahmat. Buyruqni: Bas. Jim. His-hayajon: Eh. Uf. Voydod. Atov gaplar o'ziga xos ohang bilan aytiladi va yozuvda atov gaplardan keyin nuqta qo'yiladi. Kuz izg'irin shabada hushtak chalib turibdi. (I. R.) Agar atov gapda his-hayajon kuchli bo'lsa unda atov gaplardan keyin undov belgisi qo'yiladi. Tog'lar! Purvuqor tog'lar. So'z—gaplar haqida tushunchaOg'zaki nutqda ha, yo'q so'zlari va undovlar bilan ifodalangan so'z-gaplar ham uchraydi. Bunday gaplar sodda gaplarning alohida bir ko'rinishi sanaladi. Ha so'z-gapi tasdiqni. yo'q so'z-gapi esa inkorni bildiradi. Yozuvda bunday, so'z-gaplarning oxiriga ohangiga qarab nuqta, undov yoki ko'p nuqta qo'yiladi. Masalan: —Bugun darsga keldingmi? —Ha. —Yo'q. Kechqurun teatrga borasanmi? —Ha! —Yo'q! —Ha,—boraman. To'liq va to'liqsiz gaplarZarur bo'laklarning to'la ifoda etilishi yoki tushib qolishiga qarab sodda gaplar ikkiga bo'linadi. Ifoda qilinayotgan fikrni bayon qilish uchun zarur bo'lgan bo'laklarning barchasi qatnashgan gap to'liq gap deyiladi. Masalan: Biz bu yil universitetni tugatamiz. Bu gapda hamma zaruriy -ega, kesim va ikkinchi darajali bo'laklar mavjud. Aytilayotgan fikrni ifoda qilish uchun kerakli bo'lgan bo'laklarning bir qismi tushirilgan gap to'liqsiz gap deyiladi. Lekin bu tushirilgan bo'lak oldingi gapdan anglashtirilib turadi. Ilgari qaerda ishlagan edilar? (To'liq gap.) —Dastavval Surxondaryoda. (To'liqsiz gap.) Kecha ishga bordingmi? (To'liq gap.) —Bordim. (To'liqsiz gap.) Siz bu yerlarda oldin ham bo'lganmisiz? (To'liq gap.) —Yo'q. (To'liqsiz gap.) To'liqsiz gaplar dialogik nutqda ko'p uchraydi. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling