Gapning uyushiq bo'laklari
Download 53.5 Kb.
|
Kirish so`z, kirish birikma va kiritma gaplar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish soz va kirish birikma
- Kiritma gap va kiritma belgi
Kirish so`z, kirish birikma va grammatik bog`lanmaslik va o`ziga xos ohang xususiyatlari.Reja: Kirish so'z va kirish birikma Kiritmagap va kiritma belgi Bir bosh bo'lakli gaplar va ularning turlari Bo'laklarga ajratilmaydigan gaplar 10 . So'z—gaplar haqida tushuncha 11. To'liq va to'liqsiz gaplar Kirish so'z va kirish birikmaSo'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga yoki uni ifoda qilish usuliga bo'lgan munosabatini bildiruvchi so'z va so'z birikmasi kirish so'z yoki kinsh birikma deyiladi. Masalan; Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.(H.O.) Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi. Misollarni solishtiring: Afsuski, shu choq hovlida uning kichik nevaralari yo'q ekan. (O'.U.)- Albatta, har bir talaba fan yutuqlarini puxta egallash uchun qunt bilan o'qishi kerak. (Gazetadan.) Kirish so'z va birikmalarning ma'no ifodalash xususiyatini jadvalda quyidagicha ko'rsatish mumkin. Kiritma gap va kiritma belgiSo'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.) Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi. So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.) Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling