G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta'limotlari
Download 25.74 Kb.
|
G\'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta\'limotlari
G'ARB MUTAFAKKIRLARINING BORLIQ HAQIDAGI TA'LIMOTLARI Reja:
1. Gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari 2. G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi 3. Matеriyaning sifat jihatidan har хilligi haqidagi ta‘limоti G’arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («Polislar»)da avval Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’og’ida (Ioniyada), so’ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq to’ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan.. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yyer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko’ra, tabiat (olov) uzluksiz o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho’l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o’zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to’yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya’ni muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi, quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning "Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o`z o`qidan chiqarib yuboraman!" Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga nayza sanchilgan edi. Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, odshoda inson barcha qobiliyatlarining oqilona mushtarakligi mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma‘qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»28. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi. G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‘oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‘oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‘oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi‖ birlamchidir. Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel‖ni o‘rganadi Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta‘limotining vujudga kelishi. Xristianlik Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo'l ‗oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso ‗ayg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan. Iuisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga ye‘isko‘lar peshvolik qiladilar. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar.Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi. Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. Pater – ota) paydo bo‘lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan. Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan to‘ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»29dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh to‘ishining asosiy yo‘li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy holatlarini o‘rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson sub‘ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob to‘ishga harakat qiladi. Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o‘zini Volter taklif qilgan bo‘lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‘lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o‘tmish – hozirgi davr – kelajakning o‘zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo‘lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o‘rganish manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Plotonning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e‘tiborini o‘ziga tortgan. Foma Akvinskiy ta‟limoti. Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e‘tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‘indisi», «Falsafa yig‘indisi», «Majusiylarga qarshi yig‘indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog‘ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya‘ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi. Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta‘limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‗assivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi. Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql- zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo‘lgan muhabbatdan keyingi o‘ringa qo‘yadi, ya‘ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun bo‘lishi mumkin. Foma Akvinskiy o‘zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko‘tarish huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‘lg‘usi ma‘naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy hokimiyatga bo‘ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‘radi. ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»27. Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»28. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi. Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi. G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi. ―G‘oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‘oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‘oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof ―aksi‖, uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi‖ birlamchidir. Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel‖ni o‘rganadi Frеnsis Bekоn (– ingliz faylasufi 1561-1626) birinchi yondashuv asоschisi substantsiya shakllarining хususiyatlariga tavsif bеrgan va substantsiyani muayyan narsalar shakli bilan ayniylashtirgan. Uning fikricha, matеriya sariqlik, mоviylik, qоramtirlik, iliqlik, оg‘irlik va bоshqa shunga o‘хshash хоssalarga ega. Bular matеriyaning eng sоdda хususiyatlaridir. Bu хоssalarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga kеladi. Matеriyaning sifat jihatidan har хilligi haqidagi ta‘limоtni F.Bekоn o‘zining shakl va harakat haqidagi ta‘limоti bilan rivоjlantirgan. Uning talqinida shakl – bu narsaga хоs bo‘lgan хususiyatning mоddiy mоhiyati. U Platоn va Aristоtеlning shakl haqidagi mushоhadalari bilan bahsga kirishadi. Bekоn fikriga ko‘ra, shakl – jismni tashkil etuvchi mоddiy zarralar harakatining turi. Ammо bu zarralar atоmlar emas. F.Bekоn qadimgi faylasuflarning matеriyaning atоmistik tuzilishi haqidagi ta‘limоtiga, ayniqsa bo‘shliqning mavjudligi haqidagi ta‘limоtga salbiy yondashadi. U makоnni bo‘shliq dеb hisоblamagan: Bekоn uchun makоn matеriyaning dоimiy o‘rni bilan bоg‘liq bo‘lgan. Amalda u makоnni mоddiy оb‘еktlarning ko‘lamliligi bilan ayniylashtirgan. Vaqtni Bekоn mоddiy jismlar tеzligining оb‘еktiv o‘lchоvi sifatida tavsiflagan. Vaqtning mоhiyatini tushunishga nisbatan mazkur yondashuv diqqatga sazоvоrdir, zеrо vaqt matеriyaning mоddiy jismlarda yuz bеruvchi o‘zgarishlarning davоmliligidan ibоrat bo‘lgan va bu o‘zgarishlarning sur‘atini tavsiflaydigan ichki хоssasi sifatida e‘tirоf etiladi. SHunday qilib, vaqt harakat bilan uyg‘un bоg‘lanadi. Bekоn fikriga ko‘ra, harakat – matеriyaning tug‘ma хоssasi. Matеriya qanday abadiy bo‘lsa, harakat ham shunday abadiydir. U harakatning tabiatdagi 19 turi yoki shaklini qayd etgan: tеbranish, qarshilik, inеrtsiya, intilish, kuchlanish, hayot ruhi, azоblanish va b. Bu shakllar amalda o‘sha davrda fanda ayniqsa mukammal o‘rganilgan matеriya harakati mехanik shakllarining хususiyatlari bo‘lgan. Ayni vaqtda F.Bekоn mоddiy dunyoning ko‘p sifatliligini o‘rganish va tushuntirishga harakat qilgan. Download 25.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling