G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Download 75.49 Kb.
bet14/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
доривор

Beshbarg (Potentilla reptans L.) ra’nodoshlar oilasiga mansub, sudralib o’suvchi, ko’p yilik o’t. Xalq tabobatida beshbarg ildizidan tayorlangan qaynatma yoki qiyom ichketish va qon ketishni to’xtatuvchi,og’iz bushli-g’ida ba’zan sodir bo’lgan jaroxatlarni davolovchi vosita hisoblanadi.
Beshbargning organlarida 5,8—11,5% tanid, 16% gacha qand, organik kislotalar, glyukozid hamda S vitamini mavjuddir.


Sebarga (Trifolium pratense L .) burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi poyasi ingichka, tik o’suvchi, tukli (ayniqsa, bo’g’imlari), bo’yi 50 sm keladigan ko’p yillik o’tdir. Sebarga aprel-sentyabr oylarida gullaydi va urug’i iyun-oktyabr oylarida yetiladi. U jumhuriyatimizningi barcha ekin maydonlarida, ariq bo’ylarida, daryo sohillarida zax yerlarda, tog’oldi qismdagi joylarda keng tarqalgan o’simliklardan hisoblanadi. Mahalliy aholi sebargadan tayyorlangan qaynatma bilan kuygan joyni va yaralarni davolaydi, Siydiruvchi, ichog’riqni qoldiruvchi, oshqozonning funksiyasini yaxshilovchi dori sifatida foydalidir. Chexoslovakiyada sebarga to’pgullaridan olingan sharbat bilan ko’krak og’rig’ini davolaydilar. Xo’shbo’y vanna qabul qilishda ko’p ishlatiladi. Sebargada flavonli bo’yoq moddalari, tanid, pro­tein, kletchatka, kampferol, 0,02—0,3% efir moyi, mineral tuzlar, glyukozid-prifolin, salisilin va kumarin kislotalari hamda 170—229 mg % S vitamini bo’ladi.

Qashqarbeda (Melilotus officinalis Ders.) burchoqdoshlar oilasiga mansub, ikki yillik o’simlik. Xalq tabobatida qashqarbedaning yer ustki qismidan olingan qaynatma isitma kasalligini davolashda ishlatiladi. Barglaridan tayyorlangan talqondan yaralarni davolashda foydalaniladi. Farmasevtikada turli dorilar tayyorlashda qo’llasa bo’ladi. Bolgariyada o’simlak sharbati chipqon, quloq og’rig’i, migren hamda qon bosimiga qarshi vosita hisoblanadi. Qashqarbedaning er ustki organlarining tarkibida 398 mg % S, 45 mg % Ye vitaminlari 8,5 mg % karotin, 0,25' % melilotin-glyukozid, kumarin, xolin, tanid va flavonli glyukozid bo’ladi


Download 75.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling