Itburun na’matagi (Rosa canina) itburun na’matagining mevasi avitaminoz va zotiljam kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Vitaminlarga boy bo’lganligi. sababli, tabiiy polivitaminli dori-darmonlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Uning mevasi tarkibida 1500—1800 mg % S, 8—14% qand, 3% tanid, 8—10% pektinli moddalar, 15—18 mg % karotin, V1 V2, RR, Q Ye vitaminlari hamda A provitamini, limon va olma kislotalari, oz miqdorda efir moyi hamda flavonlar bo’ladi. Na’mataklarning tabiiy boyliklari ko’p. Ulardan yanada unumli foydalanish lozim, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir.
Cho’lyantoq (Alhagi pseudalhagi (MB.) Desv) burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi ko’p yillik o’simlik bo’lib, bo’yi 130 sm ga yetadi. Cho’lyantoq chorva mollari uchun to’yimli oziq o’simliklardan hisoblanadi. Chorva mollari cho’lyantoqni, asosan, kuz va qish faslida yaxshi yeydi. Bu o’simlik turli organik moddalarga, mineral tuzlarga hamda S vitaminiga juda boy. Cho’lyantoqning yer ustki organlari tarkibida 500 mg%, bargida esa to 1000 mg % gacha S vitamini bo’lib, u o’simlik quritilganda ham buzilmasdan uzoq muddatgacha saqlanib qoladi.
Anzur piyoz (Allium suvorooii Rgl.) piyozdoshlar oilasiga kiruvchi, piyozi 2—3 sm kattalikda bo’lgan ko’p yillik o’simlikdir. Poyasining bo’yi 30—100 sm ga yetadi. Anzur piyoz yoqimsiz hidli bo’lsada, undan konserva tayyorlanganda hidi yo’qoladi. Bunday konservalar esa o’zining to’yimliligi, foydali xususiyati bilan anzur piyozi konservasidan qolishmaydi. Yovvoyi piyoz tarkibida turli organik moddalar, mineral tuzlar, fitonsitlar hamda S vitamini bo’ladi.
Yasnotka (Lamium album L.) labguldoshqar oilasiga kiruvchi, bo’yi 70 (100) sm ga yetadigan ko’p yilliq ildizpoyali o'simlikdir. Uning yosh novdalarini sabzavot sifatida iste’mol qilish mumkin. Tarkibida ko’p miqdorda bo’yoq moddalari, karotin va 130—286 mg% S vitamini bo’ladi.
Tog’burchoq (Cicer songoricum Sterh) dukkakdoshlar oilasiga kiruvchi, ko’p yilliq bo’yi 75 sm gacha bo’lgan o’tdir. Bu o’simlik xayvonlar uchun yuqori sifatli yem-hashak bo’lib, turli kimyoviy moddalarga juda boy. Ayniqsa tog’burchoqning urug’ida oqsil moddasi hamda V, V, va V2 vitaminlari ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |