Garchi shuncha mag‘rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak
Shunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin bo‘l hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan
Piyolani inson shuning-chun
O‘par doim peshonasidan
Mazkur “Kamtarlik haqida” she’ri 1956-yili yozilgan. Ayni shu davrda yaratilgan “Po‘lat” , “Fursat – oltin…” , “Chumoli” , “Go‘zallik” , “Yo‘q, halovat istamayman” singari qator she’rlarida inson umrining mazmuni, yashash falsafasi g‘oyat rangin ma‘no qirralari bilan jilovlanadi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |