«Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq


Download 25.4 Kb.
Sana30.07.2020
Hajmi25.4 Kb.
#125165
Bog'liq
chexov


«Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq
jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniqsa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir.
Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson
umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘qqisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq anglashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi
bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish
xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emasmi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi
bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka
hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni
qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan
afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul
uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh
huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan
mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davomida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina o‘zimni sizlarning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonch hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlaydi. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat
mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab yetadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub
bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi.
A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri,
erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning
hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qarashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda
u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya
shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi.
Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin
bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdirini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi.

Test


  1. Yosh huquqshunosning nuqtayi nazarini belgilang

  1. Qamoqni qatl hukmidan ko’ra insonparvarcha yo’l deb hisobladi

  2. Qamoqdan ko’ra qatl hukmini insonparvarcha yo’l deb hisobladi

  3. *Qatl ham, bir umrli qamoq ham bema’ni qaror




  1. Huquqshunos qamoqda qaysi musiqa asbobini chalardi?

  1. Skripka

  2. Royal

  3. *fleyta




  1. Huqushunosning fikricha, “mahkumning ilk dushmani bu-…””

  1. *Xohish-istak

  2. Xotiralar

  3. orzular




  1. Huqushunos qamoqda nechta xorijiy tilni o’rgandi?

  1. 3

  2. 4

  3. *6




  1. Huquqshunosning fikricha, kitob unga nima berdi?

  1. Ruhiy quvvat

  2. Donishmandlik

  3. *Sabr

  4. Ilm

  1. Huquqshunis Injilni o’qishga qancha vaqt sarfladi?

  1. *Bir yilga yaqin

  2. Bir hafta

  3. Deyarli bir oy

  4. Yarim yil




  1. Bankirning fikricha, uning tomonidan taklif etilgan garov bu-…

  1. Sayoz fikrlashning oqibati

  2. *To’q odamning ermagi

  3. Ma’nisiz harakat

  1. “…halokatga uchragan kema parchasiga yopishib olgan kishi holatiga o‘xshardi”. Gap nima haqda?

  1. Xotiralar

  2. Yokg’izlik

  3. *mutolaa




  1. Bankir garovda yutganda qanday hislar tuydi?

  1. *O’z-o’zidan nafrat

  2. Xursandcilik

  3. Mahkumga nisbatan achinish




  1. Huqushunosning shartnomani buzganiga banker qanday munosabat bildirdi?

  1. Shartnomani bo’laklab tashladi

  2. Bank qutisiga yashirdi

  3. *Po’lat sandiqqa qulflab qo’ydi

  4. Yoqib yubordi

Topshiriq.

  1. Garov boylash uchun qanday zarurat bor edi? Ikkala obraz haqidagi fikringizni T-chizmasida bering.

  2. Qatl hukmiga munosabatingiz? Sizningcha, Chexov qatl hukmiga qanday munosabat bildiradi? U kim tomonda?

  3. Inson o’z hayotini qiyinchiliksiz anglay oladimi?

  4. Nima sababli qahramonlarga ism qo’yilmagan?

  5. Yozuvchi ikki odam o‘rtasida garov bog‘lashni tasvirlash
    bilan qanday g‘oyani ilgari surgan? Hayotda garov o‘ynagan
    yoki birovlarning garov bog‘lashganiga guvoh bo‘lganmisiz? Fikringizni FSMU usulida bayon eting.

Download 25.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling