Garri potter


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 282.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.01.2023
Hajmi282.33 Kb.
#1116731
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GARRI POTTER ASRIDA FANTASTIK OBRAZLAR MAQOLA

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00252 
Academic Research, Uzbekistan 689 www.ares.uz 
oshirgan. Buroq boshi odamniki bo‗lgan ot deya tasvirlangan. Uning katta ko‗zlari 
qora va quloqlari yumshoq, rangi qizil va dog‘lar bilan qoplangan. Hindiston 
musulmonlari Buroqni qanotlari va tovus dumi bilan tasvirlaydilar.
―Garri Potter‖ asarida ham kentavr obrazi taqdim etilgan. Hogvarts maktabi 
yaqinidagi o‗rmonda kentavrlar yashaydi. Asarning birinchi qismi ―Garri Potter va 
falsafa toshi‖da Hogvarts maktabi qorovuli Hagrid Garri va uning do‗stlarini 
kentavrlar bilan tanishtiradi. Asarda kentavrlar o‗rmonni boshqa maxluqotlardan
begonalardan himoya qiladilar. Ular juda dono, aqqli, ko‗pni ko‗rgan jonzotlar deya 
ta‘riflanadi hamda sayyoralarning holatiga qarab kelajakni bashorat qila oladi. Asar 
davomida kentavrlar goh Garriga qarshi kurash olib borsa, goh uning tomonida turib 
Volandemortga qarshi harakat qilishadi. 
And into the clearing came — was it a man, or a horse? To the waist, a man, 
with red hair and beard, but below that was a horse‘s gleaming chestnut body with a 
long, reddish tail. Harry and Hermione‘s jaws dropped.
―Oh, it‘s you, Ronan,‖ said Hagrid in relief. ―How are yeh?‖
He walked forward and shook the centaur‘s hand 
Zamonaviy ingliz tilining Longmen lug‘atiga ko‗ra, elf—sehr-jodudan 
foydalanadigan o‗ylab topilgan obraz bo‗lib, oddiy odamdan uchli quloqlari hamda 
gavdasining kichkinaligi bilan farq qiladi. Elf so‗zi nemis tilidan olingan bo‗lib, ―oq‖ 
degan ma‘noni bildiradi. Bu obraz dastlab german-skandinav hamda kelt 
qabilalarining folklorida paydo bo‗lgan, shved tilida ―alv‖, irland tilida esa ―sidx‖ 
nomlari bilan ma‘lum.
Elflarning tashqi ko‗rinishi odamlardan uncha farq qilmaydi, quloqlarining 
shaklini hisobga olmaganda, albatta. Shunday bo‗lsa-da, ularning o‗ziga xos 
tomonlari mavjud. Masalan, erkak elflarda odamlardagi singari soqol va mo‗ylov 
bo‗lmaydi, boshidagi sochdan tashqari tanasida umuman tuk yo‗q. Elflar go‗zallikda 
tengi yo‗q deya ta‘riflanadi. Ular juda uzoq umr ko‗radi. R.R.Tolkinning asarlarida 
tasvirlangan elflar esa umrboqiy.
Elflarning jahlini chiqarish juda oson va ular uzoq vaqt kek saqlash 
xususiyatiga ega, lekin ularga yaxshilik qilgan, yordam bergan insonga sodiqlar va 
ulardan o‗z saxiyliklarini ayamaydilar. Rouling elflarning ushbu xususiyatlaridan 
kelib chiqib ushbu jonzotlarni o‗z asarida xo‗jayiniga sodiqlik bilan butun umr 
xizmat qiladigan xizmatkorlar deya tasvirlagan.
Garri Potter asarining deyari barcha qismlarida elflar ishtirok etgan va ular uy-
elflari deya nomlangan. Ularning ma‘lum bir oilaga biriktirib qo‗yilgan hamda shu 
oilaga xizmat qiladi. Elflar asarda xuddi xizmatkordek tasvirlangan—ular uy ishlarini 



Download 282.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling