Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish
Kesish va qirqish operatsiyalari
Download 1.28 Mb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob’ektlar atributlarini agregatsiyalash va disagregatsiyalash
Kesish va qirqish operatsiyalariOb’ektlarni kesish. Kesish operatsiyasi ob’ektning kesish oblastidan tashqarida yotgan qismini olib tashlashni nazarda tutadi. Kesish oblasti siqatida faqat maydonli ob’ekt, boshlang‘ich to‘plam sifatida esa – chiziqli va maydonli ob’ektlar qo‘llanilishi mumkin (5.10-rasm). Agar boshlang‘ich ob’ektlar maydonli bo‘lsa, u holda kesish operatsiyasi kesishish operatsiyasiga ekvivalentdir. Ba’zi tizimlarda bu operatsiya “Tashqi qismini olib tashlash” ham deb ataladi. Boshlang‘ich ob’ekt Operatsiya natijasi 5.10-rasm. Kesish operatsiyasi Ob’ektlarni qirqish. Qirqish operatsiyasi ob’ektni ixtiyoriy chiziq bo‘ylab qismlarga bo‘lishni nazarda tutadi. Bunday chiziq sifatida ham chiziqli, ham maydonli ob’ektlar, boshlang‘ich to‘plam sifatida esa – chiziqli va maydonli ob’ektlar qo‘llanilishi mumkin (5.11-rasm). 5.11-rasm. Qirqish operatsiyasi Ob’ektlar atributlarini agregatsiyalash va disagregatsiyalash5.4- va 5.5-bandlarda ko‘rib chiqilgan operatsiyalar nafaqat GATlarga, balki aksariyat vektorli grafik redaktorlarga ham xosdir. Biroq ulardan farqli o‘laroq, ob’ektlar GATda nafaqat fazoviy joylashuv, balki atributlar bilan ham harakterlanadi. Shubhasizki, ko‘rib chiqilgan operatsiyalar shuningdek atributlarning qiymatlariga ham ta’sir ko‘rsatishi kerak. Masalan, ikkita saylov okrugini bittaga birlashtirshda saylovchilarning umumiy soni jamlanishi, saylovchilarning o‘rtacha yoshi o‘rtalashtirilishi va h.k.lar lozim. Yer uchastkasining shakli o‘zgargan taqdirda, uning bahosi ham, masalan uning maydoniga proporsional ravishda qayta hisoblanishi lozim. Aksariyat GATlarda birlashtirish, kesish, qirqish va h.k. operatsiyalari atributlarni agregatsiyalash va disagregatsiyalash mexanizmi bilan bog‘liq. Bunda bu kabi operatsiyalarda atributlardan har birini atributlarning boshlang‘ich qiymatlari asosida hisoblash qoidalari beriladi. Ko‘p hollarda quyidagi qoidalar qo‘llaniladi: atributning boshlang‘ich qiymatidan foydalanish (sonli bo‘lmagan atributlar uchun qo‘llaniladi); minimal, maksimal, jamlama, o‘rtacha yoki chamalangan o‘rtacha sonlarni hisoblash (birlashtirish operatsiyalarida qo‘llaniladi); ob’ekt maydonining o‘zgarishiga proporsional qiymatni hisoblash (kesish va qirqish operatsiyalarida qo‘llaniladi). Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling