Gausning to’g’ri burchakli koordinatalari sistemasini tushuntiring?
Download 328.42 Kb.
|
Geodeziya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gauss proeksiyasi
Gausning to’g’ri burchakli koordinatalari sistemasini tushuntiring? Gauss-Kryugerning to‘g‘ri burchakli koordinata sistemasi Katta territoriya uchun to‘g‘ri burchakli koordinatalarning zonal sistemasidan foydalaniladi. Bunda er shari Grinvich meridianidan boshlab 6o li 60 meridional zonalarga bo‘linadi. har bir zona o‘rtasida o‘tgan meridian shu zonaning o‘q meridiani bo‘ladi. Zonalar nomeri Grinvich meridianidan boshlab g‘arbdan sharqqa tomon hisoblanadi. MDH territoriyasiga bu zonalarning 29 tasi (4 dan 32) to‘g‘ri keladi. Er sharini tekislikda yaxlit tasvirlab bo‘lmaganligidan har bir meridional zona alohida-alohida silindr ichiga joylashtirilib, har zonaning o‘q meridiani silindrning ichki yuzasiga tegib turadi, deb faraz qilamiz. So‘ngra har bir zonadagi meridian va parallellar silindrning ichki yuzasiga proeksiyalanadi, biroq bunda burchaklar o‘zgarmasligi, ya’ni burchaklarning qiymati ularning silindr ichki yuzasiga proeksiyalanish qiymatiga teng bo‘lishi shart. 3.2-shakl Meridian va parallellar proeksiyalangan silindrni biron yasovchi bo‘yicha qirqib, so‘ngra yoysak, har bir zonaning o‘q meridiani va ekvator bo‘lagi to‘g‘ri chiziq tarzida, boshqa barcha meridian va parallellar esa egri chiziq tarzida tasvirlanadi. SHu hosil bo‘lgan proeksiya Gauss proeksiyasi deb yuritiladi. 3.3-shakl X - absissa o‘qi Y - ordinata o‘qi A – nuqtaning koordinatalari XA va YA Geometrik nivelirlash. Bu usulda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi gorizontal vizirlash nuri bo‘yicha reykalardan bevosita sanoq olish yo‘li bilan aniqlanadi. Nivelirlashning bu usulida nivelirdan foydalaniladi. Geometrik nivelirlashda nuqtalarning balandligi, nivelirlashning boshqa turlariga qaraganda aniqroq topiladi. Geodezik tayanch nuqtalarini va plan olish nuqtalarining balandligini aniqlashda, turli masshtabda plan olishda, injenerlik inshootlarining loyihalarini tuzishda, bu inshootlarni qurishda, shuningdek geologik qidiruv ishlarida, yirik injenerlik inshootlarining cho‘kishi va deformatsiyasini aniqlashda va shu kabi boshqa ishlarda geometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Nivelirlash metodi va asboblari nuqtalar balandligining qanchalik aniq o‘lchanishi zarurligiga qarab tanlanadi. Download 328.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling