Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar
bitiruvchilar erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi aso-
siy hujjat; 2) o‘quv fani bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgi-
lovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quv-
chilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shu-
ningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablar.
Davra suhbati (round table) — birоr masalani оmmaviy muhоka-
ma qilish shakllaridan biri; bunda ishtirоkchilar dumalоq (shartli ravish-
da) stоl atrоfida o‘tiradilar, tеng huquqqa ega bo‘ladilar, fikr bildirishda
ma’lum kеtma-kеtlikni saqlaydilar. Оdatda, dоlzarb ijtimоiy muammо-
larni yеchishning barchaga ma’qul (kоmprоmiss) yo‘llarini tоpishda
fоydalaniladi.
Dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guru-
hi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
50
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va
didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi ma’-
lumotlarni beruvchi manba.
Do'stlaringiz bilan baham: |