Gaz sanoati yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati


Download 46.52 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi46.52 Kb.
#1469405
1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot

Vosita

Miqdori

Xonaning yuzasi (kvadrat metr)

Uglekislotali yoki kukunli o‘t o‘chirgich

2 ta

hamma xonalar

OU-2

1 ta

50

OU-5

1 ta

100

OP-10A

1 ta



Qumli quti

0,5 kub metr

hamma xonalar

Belkurak

1 ta

hamma xonalar

Asbest mato yoki namat

2×2 metr

hamma xonalar

Eslatma: O‘t o‘chirgichlar GTP xonasi ichidagi eshik yonida joylashtiriladi.
Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar o‘rniga kukunli o‘t o‘chirgichlardan foydalanish mumkin.
12. GTP xonasida moyli va boshqa yonuvchan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
13. GTPlar joylashgan imoratlar yoki binolarga taqab qurilgan inshootlar ishlab chiqarish uchun belgilangan A toifa talablariga javob berishi lozim. Ular bir qavatli bo‘lib, olovga chidamlilik toifasi I va II, og‘irligi 1 kvadrat metr maydonga 120 kilogramm bo‘lgan yengil qoplamali konstruksiya va poli og‘ir yonadigan, zarb berganda uchqun chiqarmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘ladi. Xonalarning eshiklari tashqariga ochiladi.
Taqab qurilgan xonalarda joylashgan GTP binodan yonmaydigan, gaz o‘tkazmaydigan yaxlit devor bilan ajratiladi va alohida chiqish eshigiga ega bo‘ladi.
14. GTP, GTQ egasi bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har bir GTP va GTQning ulardagi jihozlar, nazorat-o‘lchov asboblari va xonalarning asosiy xususiyatlari ko‘rsatilgan pasportlari tayyorlanadi.
Bundan tashqari, GTPlarda ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan tekshirish natijalari yozib qo‘yiladigan maxsus jurnal bo‘ladi.
15. GTP bino ichida joylashgan bo‘lsa, xonaning eshigida “Begona shaxslarning kirishi taqiqlanadi” degan yozuv bo‘lishi talab etiladi.
16. GTQ o‘rnatilgan xona keng bo‘lishi, undagi jihozlar oldiga erkin kirish imkoniyati bo‘lishi va har xil ta’mirlash ishlarini bajarish uchun bo‘sh maydon bo‘lishi lozim.
17. GTP xonasi tabiiy hamda portlashdan himoyalangan sun’iy yoritgichlar bilan jihozlanadi.
18. GTP xonasi uch karrali tabiiy havo almashinuvi orqali shamollatiladi. Toza havo teshikli panjara orqali kirishi, havoning chiqishi esa darcha yoki tom yopqichida o‘rnatilgan sozlanuvchi deflektor orqali amalga oshiriladi.
19. GTP binosi qo‘shni obyektlarning yashinga qarshi himoya zonasiga kirmagan holatlarda GTP xonasining yashinga qarshi himoyasi o‘rnatiladi. Agar GTP binosi boshqa obyektlarning yashinga qarshi himoyasi zonasida joylashgan bo‘lsa, unda faqat yerga ulangan himoyalovchi sim konturlari qilinadi.






Download 46.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling