Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja


Klapanli gaz taqsimlash mexanizm detallari


Download 21.52 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi21.52 Kb.
#1833341
1   2   3
Bog'liq
Gaz taqsimlash mexanizmni tuzilishi va ishlashi Reja-fayllar.org

Klapanli gaz taqsimlash mexanizm detallari
Klapan tarelka 9 (3-rasm, a) va o‘zak 8 dan iborat. Tarelkadan o‘zakka ravon o‘tiladigan qilingan, bu esa klapanning puxtaligini ta’minlaydi va tarelkadan issiqlikning olib ketilishini yaxshilaydi.

Klapan tarelkasining konusaviy belbog’i (faska) 1 tsilindrlar kallagidagi egarni zichlab yopish uchun mo‘ljallangan. Ko‘pchilik dvigatellarda kiritish va chiqarish klapanlari faskalari 45 burchak ostida yo‘nilgan bo‘ladi. Klapan faskasi bilan egarning bir-biriga zich tegib turishi uchun ular silliqlanadi va qo‘shimcha ravishda bir-biriga ishqalanadi.


Klapan sterjeni silliqlangan bo‘ladi. Uning yuqori qismida tsilindr shaklidagi o‘yiq 4 ishlangan bo‘lib, unga klapan o‘zakiga tirak shayba 5 ni mahkamlab turadigan ikki bo‘lak qilib qirqilgan konusaviy halqa (suxar) 6 ning chiqig’i kirib turadi. O‘yiq 4 ning tagida klapan o‘zakida ikkinchi tsilindr shaklidagi o‘yiq 2 bo‘lib, unga prujina halqa 7 o‘rnatiladi. Prujina halqa klapan uzilganida uni tsilindrga tushib ketishdan saqlaydi.
Ba’zi dvigatel klapanlari tarelkasida ishqalab moslashtiruvchi qurilma shpindelini biriktirish uchun kesik yoki teshik ishlanadi.
Klapan prujinasi 10 (3-rasm, b va v) pastki tirak shayba 12 bilan tarelka 5 orasiga joylashtirilgan. Klapan tarelka 5 ga vtulka 14 va suxarlar 6 yordamida biriktirilgan. Vtulka 14 tarelka 5 ga faqat uchi bilan tayanadi, shuning uchun ular orasida ishqalanish kam va klapan koromislo ta’sirida va prujina vibratsiyasi tufayli burilishi mumkin. Bu klapan va egar faskasi, sterjen 8 va vtulka 11 larning xizmat muddatini oshiradi.
Boshka dvigatellarida tsilindrga kiritish klapani bilan uning vtulkasi orasidagi tirqishidan moy o‘tmasligi (so‘rilmasligi) uchun klapan o‘zakidagi tarelka 5 ostida moy bardosh rezinadan ishlangan moy qaytargich qalpoqcha 13 kiydiriladi.
Klapan tarelka 9 (3-rasm, a) va o‘zak 8 dan iborat. Tarelkadan o‘zakka ravon o‘tiladigan qilingan, bu esa klapanning puxtaligini ta’minlaydi va tarelkadan issiqlikning olib ketilishini yaxshilaydi.
Klapan tarelkasining konusaviy belbog’i (faska) 1 tsilindrlar kallagidagi egarni zichlab yopish uchun mo‘ljallangan. Ko‘pchilik dvigatellarda kiritish va chiqarish klapanlari faskalari 45 burchak ostida yo‘nilgan bo‘ladi. Klapan faskasi bilan egarning bir-biriga zich tegib turishi uchun ular silliqlanadi va qo‘shimcha ravishda bir-biriga ishqalanadi.
Klapan sterjeni silliqlangan bo‘ladi. Uning yuqori qismida tsilindr shaklidagi o‘yiq 4 ishlangan bo‘lib, unga klapan o‘zakiga tirak shayba 5 ni mahkamlab turadigan ikki bo‘lak qilib qirqilgan konusaviy halqa (suxar) 6 ning chiqig’i kirib turadi. O‘yiq 4 ning tagida klapan o‘zakida ikkinchi tsilindr shaklidagi o‘yiq 2 bo‘lib, unga prujina halqa 7 o‘rnatiladi. Prujina halqa klapan uzilganida uni tsilindrga tushib ketishdan saqlaydi.
Ba’zi dvigatel klapanlari tarelkasida ishqalab moslashtiruvchi qurilma shpindelini biriktirish uchun kesik yoki teshik ishlanadi.
Klapan prujinasi 10 (3-rasm, b va v) pastki tirak shayba 12 bilan tarelka 5 orasiga joylashtirilgan. Klapan tarelka 5 ga vtulka 14 va suxarlar 6 yordamida biriktirilgan. Vtulka 14 tarelka 5 ga faqat uchi bilan tayanadi, shuning uchun ular orasida ishqalanish kam va klapan koromislo ta’sirida va prujina vibratsiyasi tufayli burilishi mumkin. Bu klapan va egar faskasi, sterjen 8 va vtulka 11 larning xizmat muddatini oshiradi.

a) va b) – dizelning; v) – karbyuratorli dvigatelning; 1–klapan tarelkasining


3-rasm.Gaz taqsimlash mexanizmi klapani, pruji-nasi va uning mahkamlash detallari:
faskasi; 2,4–klapan o‘za-kidagi tsilindrlik o‘yiqlar; 3–suxaridagi chiqiq; 5–klapan prujinasining yuqori tayanch shaybasi (tarelkasi); 6–suxarilar; 7–prujina halqasi; 8–klapan o‘zagi; 9–klapan tarelkasi; 10 va 16–tashqi va ichki prujinalar; 11–yo‘naltiruvchi vtulka; 12–klapan prujinasining pastki tayanch; 13–moy qaytaruvchi qalpoq; 14–tarelka vtulkasi; 15-qo‘yilma halqa
Dvigatel ishlash paytida kiritish klapanlarining harorati 570 – 690 K, chiqarish klapanlarining harorati – 1050 – 1200 K ga etadi. Kiritish klapanlari kiritish taktida yonuvchi aralashma yoki havo bilan sovishi tufayli ularning temperaturasi past bo‘ladi.
Klapanlar yuqori haroratida o‘zining mexanikaviy sifatlarini yaxshi saqlaydigan, korroziya va eyilishga chidamli, legirlangan, olovbardosh po‘latdan yasaladi. Kiritish klapanlari xrom-nikel va xrom-kremniy po‘latlardan, chiqarish klapanlari yuqori xromli va xrom-nikel-marganets po‘latlardan ishlanadi.
Yo‘naltiruvchi vtulka 14 klapan harakati qat’iyan yo‘nalgan bo‘lishini va uning egarga to‘g’ri tushishini ta’minlaydi. U tsilindrlar kallagi yoki blok-karterga presslanadi. Yo‘naltiruvchi vtulkalar cho‘yandan yoki presslangan, pishirilgan va moy shimdirilgan metall-keramikadan yuqori antifraktsion xossalarga ega.
Prujina 10 va 16 klapanni yopish va uni egarga zichlab tushirish uchun zarur bo‘lgan kuchni hosil qiladi. Prujina etarlicha elastiklikka ega bo‘lib, klapanning belgilangan ochilish muddatini saqlagan holda klapan va turtkichni taqsimlash vali kulachogidan ajralishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Prujinalar po‘lat simlardan yasaladi; odatda, ular o‘rama, tsilindrik ko‘rinishda bo‘ladi. Ular o‘ramlari qadami o‘zgarmas eki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Qadami o‘zgaruvchan prujinalarda uning bikrligi uchun havfli bo‘lgan rezonans kamayadi. Prujinani yig’ishda uning kichik qadamli o‘ramasining oxirgi uchi klapan joylashadigan qilib o‘rnatilishi kerak.
Turtkich harakatni taqsimlash vali kulachogidan klapan eki shtangaga uzatish uchun xizmat qiladi. Turtkichlar cho‘yan eki po‘latdan tayerlanadi. Ularning ish sirtlari silliqlanadi va termik ishlov beriladi. Turtkichlar og’irligini kamaytirish uchun, ko‘pincha, ichi kovak yasaladi. Turtkichlar antifriktsion cho‘yandan yasalgan yo‘naltiruvchi vtulkalarga joylashtiriladi eki to‘g’ridan-to‘g’ri blok-karter tirqishlariga joylashtiriladi. Turtkichlarning quyidagi turlari ishlatiladi: dumalovchi rolikli a), qo‘ziqorinsimon ( b, g) va tsilindrik ( v). Turtkich teshiklariga maxsus bronza vtulka 3 ( a) presslanadi. Rolik 4 ignasimon podshipnik 5 da aylanadi. Turtkichni uzoq ishlaydigan qilish maqsadida shtanga bilan tegib turgan joyiga termik ishlov berilgan sferik sirtli po‘lat tovon 7 presslangan.
Turtkichning tayanch va yo‘naltiruvchi (tsilindrik) sirtlari bir tekis eyilishi uchun to‘g’ri chiziqli harakat qilishdan tashqari o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat ham qiladi. Turtkich o‘qi taqsimlash vali kulachogi o‘qiga nisbatan 1,5 mm ( b) siljiganligi tufayli, u yassi tayanch sirtiga nisbatan aylanma harakatlanadi, taqsimlash valida bir oz konusli ( v va g) kulachoklar ishlatilganligi tufayli sferik tayanch sirtiga nisbatan aylanma harakatlanadi.
Shtanga 4 yaxlit po‘lat, yaxlit alyuminiy qotishma yoki ichi kovak po‘lat o‘zakidan iborat bo‘ladi. Alyuminiy qotishmali va ichi kovak po‘lat shtangalar silliqlangan, termik ishlov berilgan po‘lat uchliklarga ega. Shtanganing pastki uchligi sharsimon. U turtkichning sferik sirtli o‘yig’iga tayanadi. Shtanganing yuqori uchligi sferik sirtli o‘yiqdan iborat bo‘lib, unga rostlovchi vint kalpog’i 6 tayanadi.
Koromislo 8 (1-rasm) - elkalarining uzunligi turlicha bo‘lgan ikki elkali po‘lat richag. Qisqa elkasida rezbali teshik bo‘ladi. Bu teshikka vint 7 burab kirgiziladi, uning yordamida koromislo uzun elkasining yo‘g’on (boyka) joyi bilan klapan o‘zaki orasidagi tirqish rostlanadi. Boykaning ish sirti silliqlanadi va termik ishlov beriladi. Koromisloning o‘rta qismida vtulka presslab yopishtirilgan teshigi bo‘ladi. Bu teshik koromisloni o‘qqa o‘rnatish uchun kerak.

4-rasm. Turtkichlar:


a–dumalovchi rolikli; b– yassi tayanch qo‘ziqorinsimon; v–sferik tayanch sirtli tsilindrik; g–sferik tayanch sirtli qo‘ziqorinsimon; 1–richag; 2–richag o‘qi; 3–vtulka; 4–rolik; 5–ignasimon podshipnik; 6–roliq o‘qi; 7–tovon
Koromislo o‘rnatilgan po‘lat o‘qlar 7 tsilindrlar kallagining yuqori tekisligiga joylashgan stoykalar 9 ga mahkamlanadi. Stoykalar tsilindrlar kallagiga shpilkalar bilan mahkamlanadi. Koromisloning valik bo‘ylab siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun kergi prujina qo‘yiladi.
Koromislo o‘qlarining odatda ichi kovak bo‘ladi, ularning ichki bo‘shliqlaridan koromislo vtulkalarini va shtanga uchliklarining ishqalanadigan sirtlarini, rostlash vintlari qalpoqlari va yo‘naltiruvchi stakanlarni moylash uchun kanal sifatida foydalaniladi. Koromislo o‘qlaridan moy oqmaslik uchun ularning tashqi uchlari tiqinlar bilan berkitilgan, ichki tomonlari zichlovchi qurilma bilan ta’minlangan trubkalarga ulangan.
Tsilindrlar kallagiga o‘rnatilgan gaz taqsimlash mexanizmi detallarini shikastlanish va ifloslanishdan saqlash uchun po‘lat yoki alyuminiy qalpoqlar bilan berkitiladi. Qalpoqning pastki tekisligi bilan tsilindrlar kallagi orasiga hamda ustki qalpoq tekisligi bilan uning qopqog’i orasiga maxsus qistirmalar qo‘yiladi.

5-rasm. Kulachokning qavariq simmetrik profili


Taqsimlash vali o‘zi joylashgan kulachoklar yordamida klapanlarni harakatlantiradi. Har bir kulachok bitta klapanni – kiritish yoki chiqarish klapanini harakatlantiradi. Kulachoklar taqsimlash vali bilan birga yasalib, unga dvigatel tsilindrlari ishlashi tartibiga mos holda ma’lum tartibda, har xil burchak ostida joylashtiriladi. Kulachok profili qabul qilingan gaz taqsimlash fazalariga mos kelishi, klapanning maksimal balandlikka ko‘tarilishida va klapanning etarlicha tez ochilib-yopilishida uning tekis siljishini ta’minlashi kerak. Kulachokning har qanday turdagi turtkichda ishlatish mumkin bo‘lgan qavariq simmetrik profili keng tarqalgan (5-rasm).
Taqsimlash vallari po‘latdan yoki modifikatsiya qilingan cho‘yandan tayyorlanadi. Taqsimlash valining tayanch bo‘yinlari, ekstsentriklari va kulachoklariga termik ishlov beriladi va silliqlanadi.
Podshipniklar tagidagi teshiklarga ishlov berish qulay bo‘lishi va valni yig’ishda o‘rnatish oson bo‘lishi uchun ko‘pchilik dvigatellarda tayanch bo‘yinlari va ulardagi vtulkalarning diametri kichraytira borilgan holda tayyorlanadi.

Download 21.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling