Gazlamaning tola tarkibini aniqlash
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Gazlamaning tola tarkibini aniqlash (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- GAZLAMANING TOLA TARKIBINI ANIQLASH • Mavzu: Gazlamaning tola tarkibini aniqlash • Reja: • 1.Kirish.
- GAZLAMALARNING TOLA TARKIBINI ANIQLASH USULLARI
QDPI milliy hunarmandchlik va amaliy san’at fakulteti 03/23 guruh 1 bosqich talabasi Xakimova Mavludaxonning Gazlamaning tola tarkibini aniqlash mavzusida tayorlagan taqdimoti. GAZLAMANING TOLA TARKIBINI ANIQLASH • Mavzu: Gazlamaning tola tarkibini aniqlash • Reja: • 1.Kirish. • 2. Gazlamalarning tola tarkibini aniqlash usullari. • 3. Gazlamaning xilini aniqlash. • 4.Gazlamalarni turlari. Gazlama — arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil boʻladigan, pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz) sotilganligi uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda, keyinchalik tolalardan yogʻoch dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida toʻqilgan. Hozir asosan avtomat stanoklarda toʻqiladi.. Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng tomoni tukli va tuksiz gazlamalar boʻladi. Gazlamadan kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi, u texnikaning turli sohalarida ishlatiladi. Gazlamalar tanda (oʻrish, boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi (ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama va h. k.). Gazlamaning pishiqlik, kirishuvchanlik, choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor. KIRISH GAZLAMALARNING TOLA TARKIBINI ANIQLASH USULLARI • Gazlamalarning tola tarkibini aniqlash usullari Gazlamalarning tola tarkibi organoleptik va laboratoriya usullari bilan aniqlanadi. Gazlamalarning tola tarkibi sezgi organlari (ko’rish, sezish, hid bilish organlari) yordamida aniqlanadigan usul organoleptik usul deyiladi. Bu usulda gazlamalarning tola tarkibini quyidagi tartibda aniqlash tavsiya qilinadi: gazlamaning tashqi ko’rinishini ko’zdan kechirish, gazlamani paypaslab va g’ijimlab ko’rish, tanda va arqoq iplarining xilini aniqlash, tanda va arqoq iplarini uzib ko’rish, tanda va arqoq iplarini yondirib ko’rish Gazlamaning tola tarkibini aniqlashda avvalo uning rangiga, tovlanishiga, qalinligiga, zichligiga ahamiyat berish lozim. So’ngra qo’lda g’ijimlab ko’rish kerak. Buning uchun gazlamani buklab, qo’lda qattik siqish, 30 s dan so’ng bo’shatib, qo’l bilan tekislash kerak. Shunda hosil bo’lgan burmalarning xarakteriga qarab, gazlamaning tarkibi aniqlanadi. So’ngra tanda va arqoq iplarini ko’zdan kechirish kerak. Shuni esda tutish kerakki, rangi va tovlanishi bilan bir- biridan farq qiladigan har bir ipni alohida- alohida sinash kerak Keyin sinalayotgan iplarning yonishini kuzatish lozim. Xom ip gazlamalar sarg’ish, xom zig’ir tolali gazlamalar esa kulrang yoki yashilroq tusda bo’ladi. Ip gazlamadan farqli ravishda zig’ir tolali gazlamalar tovlanib turadi. Paypaslab ko’rilganda zig’ir tolali gazlamalar ip gazlamalarga qaraganda qo’lga dag’alroq va sovuqroq unnaydi. Zig’ir kalava ip uzib ko’rilganda uzilgan joylarida uzunligi va ingichkaligi har xil bo’lgan tolalar dastasi hosil bo’ladi. Paxta kalava ip uzib ko’rilganda uzunligi va ingichkaligi bir xil bo’lgan tukdor tolalar dastasi hosil bo’ladi. Zig’ir kalava ipning burami bo’shatilganda uzunligi va ingichkaligi har xil bo’lgan tolalarga, paxta kalava ipning burami bo’shatilganda esa uzunligi va ingichkaligi bir xil bo’lgan tolalarga ajraladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling