(qisqacha MGD o`zgartirgich). Uning vazifasi gazning issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirishdir.
Yuqori temperaturali plazma oqimi kuchli magnit maydoniga yo`naltiriladi (rasm tekisligiga perpendikulyar yo`naltirilgan). Magnit maydoni esa plazmani ikkita tashkil etuvchi: musbat va manfiy zarralar oqimiga ajratadi. Ular esa turli plastinkalarga o`tib potentsiallar farqini hosil qiladi. Plazma lazer hosil qilishda, metallarni kesishda va payvandlashda, qoplamalar hosil qilishda foydalaniladi.
Barcha yulduzlar, jumladan quyosh ham, yulduzlar atmosferasi, galaktikadagi tumanliklar va yulduzlararo muhitlar moddaning to`rtinchi holati – plazmadan iboratdir. Er ham plazma qobiq – ionosfera bilan o`ralgan. Magnit bo`ronlari va qutb yog`dusi ham er atrofidagi plazmaga bog’liq. Radioto`lqinlarning ionosfera plazmasidan qaytishi Yerda uzoq masofaga radioaloqa o`rnatishga imkon beradi.
Plazma fizikasini o`rganish kosmosda ro`y beradigan jarayonlarni o`rganish uchun ham muxim ahamiyatga ega. Chunki quyosh sistemasining hamma joyida “plazma shamollari” mavjud bo`lib, ba’zida ular shu qadar kuchli bo`ladiki kosmanavtlar uchun ma’lum havf tug`dirishadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, plazma fizikasi fanining yutuqlari texnikada juda keng qo`llanilishi mumkin.
Xulosalar: Ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo`ladi. Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi. Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom etadigan razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi.
Plazma deb – elektronlarining kontsentratsiyasi musbat ionlarining kontsentratsiyasiga taxminan teng bo`lgan, kuchli ionlashgan gazga aytiladi.
Uyga vazifa: O’tilgan mavzuni o’qish, ko’rgazmali qurollar tarqatma materiallar (referat, boshqotirma, modellar yasash, plakatlar) tayyorlash:
Mavzuga oid didaktik va texnik vositalar, foydalanilgan jihozlar:
Kodoskop, slaydlar, plakat, kartochkalar,gaz razryadi hosil qiluvchi qurilma.
O’qitish uslublari:O’quv mavzusini og’zaki bayon qilish, savol-javob,namoyish etish metodi
Adabiyotlar:
A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 238-243 betlar
X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil
Sinov savollari
1)Nima uchun uncha yuqori bo`lmagan temperaturalarda gazdan elektr toki o`tmaydi? 2)Gazdan elektr toki o`tishi uchun qanday shart bajarilmog`i kerak?
3)Gaz razryadi deb nimaga aytiladi?
4)Nomustaqil razryad deb qanday razryadga aytiladi?
5)Mustaqil razryad deb qanday razryadga aytiladi?
6)CHaqmoq qanday razryad?
7) Elektr yoyi qanday hosil qilinadi?
8)Plazma deb nimaga aytiladi?
9)Plazmani doimiy saqlab turish uchun nima qilmoq kerak?
10) Koinotda plazma holati mavjudmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |