G‘aznachilik faoliyatini tashkil etish va rivojlanish xususiyatlari


Download 26.32 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1089775
  1   2   3
Bog'liq
123 Ergashev Javohir макола


G‘aznachilik faoliyatini tashkil etish va rivojlanish xususiyatlari
Особенности организации и развития казначейской деятельности
Features of the organization and development of treasury activities


Mirzo Ulug‘ bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti Moliya va kredit kafedrasi mudiri
Rejapov Hayrullo Hikmatullayevich
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi talabasi
Ergashev Javohir Jobir o‘g‘li


Annotatsiya
Hozirgi iqtisodiy sharoitda g‘aznachilik faoliyatini tashkil etish, byudjet daromadlari va xarajatlarini uni samarali boshqarish, moliyalashtirish samaradorligini oshirish, mablag‘lar aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, davlat moliyasidan maqsadli va tejamkor foydalanish zarurati ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: moliya,byudjet,byudjet ijrosi,g‘aznachilik tizimi.
Аннотация
В современных экономических условиях необходимость организации казначейской деятельности, эффективного управления доходами и расходами бюджета, повышения эффективности финансирования, усиления контроля за обращением денежных средств, целевого и экономного использования государственных финансов является первостепенной задачей. важность.
Ключевые слова: финансы, бюджет, исполнение бюджета, казначейская система.
Abstract
In the current economic conditions, the need to organize treasury activities, effectively manage budget revenues and expenses, increase the efficiency of financing, strengthen control over the circulation of funds, and use the state finances in a targeted and economical manner is of primary importance.
Key words: finance, budget, budget implementation, treasury system


Kirish
Bugun mamlakatimizning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o‘zgarishlarning joriy qilinishi uning iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga xizmat qilmoqda. Xususan, davlat moliyasi yo‘nalishida institutsional islohotlar keng ko‘lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat byudjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o‘tgan, byudjet mablag‘laridan natijakor foydalanishni ta’minlab beruvchi g‘aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e’tirof bilan tilga olish lozim. Mamlakatimizda davlat byudjetining g‘azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, jumladan, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini qo‘lga kirita boshlanimizdan so‘nggina muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo‘yicha ham keng qamrovga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat byudjeti g‘azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko‘zga tashlanadi, deya aytish mumkin.
Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisob raqamiga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisob raqamidan amalga oshirishni nazarda tutadi.
Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida operativ tarzda ma‘lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling