G`aznachilik (ma`ruzalar matni)


Download 319.01 Kb.
bet33/54
Sana09.01.2022
Hajmi319.01 Kb.
#258561
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Urganch davlat universiteti j. B. Xudayberganov-fayllar.org

// guruh - Ish beruvchilarning ajratmalari (ish haqiga 
ustamalar); /// guruh - Kapital qo`yilmalar; IVguruh - 
Boshqa xarajatlar. 
Xarajatlarni 
moliyalashtirish 
(to`lash) 
budjet 
ijrosi 
jarayonida  xarajatlar  ro'yxati  va  smetasiga  kiritiladigan 
o`zgartirishlarni  hisobga  olgan  holda  tegishli  yil  uchun 
tasdiqlangan 
budjet 
parametrlariga 
hamda 
budjet 
tashkilotlarining  xarajatlar  smetalariga  muvofiq  tuzilgan  budjet 
xarajatlarining choraklar bo`yicha taqsimlangan yillik ro`yhatiga 
binoan amalga oshiriladi. 
/  guruh  -  Ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to  'lovlarga 
quyidagi xarajat turlari kiradi: 
-  "Ishhaqi"; 
-  "Ta`lim  muassasalarining  o`rnak  ko`rsatgan  xodimlarini 
rag`batlantirish  Direktor  fondi  mablag`lari"  (umumta`lim 
maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda); 
-  Stipendiyalar. 
Umuman  olganda,  budjet  taslikilotlari  xodimlari  ish  haqini 
hisoblashda  ular  mehnatiga  haq  to`lashning  Yagona  Tarif 
Setkasi  (YaTS)  qo`llaniladi.  YaTS  O
c
zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`rnatiladi. U 22 ta razraddan va 
har bir razrad uchun o`rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan 
iborat.  Yagona  Tarif  Setkasi  qonunan  o`rnatilgan  eng  kam  ish 
haqi  miqdoriga  asoslanadi  va  budjet  tashkilotlari  xodimlari 
lavozim okladlarini aniqlash uchun qoilaniladi. Ayrim tarmoqlar 
uchun  esa  mehnatga haq to`lashning tarmoq setkasi qoilaniladi. 
Masalan,  oliy  taiim  muassasalari,  xalq  ta`limi  muassasalari, 
sogiiqni  saqlash  davlat  tashkilotlari  uchun  ular  xodimlari 


 
73 


mehnatining  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  haq  to`lashning 
tarmoq setkalari ishlab chiqilgan. 
//  guruh  ~  "Ish  haqiga  ustamalar"  (Ish  beruvchilarning 
ajratmalari): 
Bu  guruhda  mehnat  haqi  fondiga  nisbatan  foizlarda 
hisoblanadigan  yagona  ijtimoiy  to`lov  summasi  aks  ettiriladi. 
Xarajatlar  hisoblab  chiqilgan  mehnat  haqi  fondi  summasiga 
nisbatan  o`rnatilgan  foizlarda  hisoblanadi.  2014-yil  uchun 
yagona ijtimoiy 
to`lov  miqdori  mehnat  haqi  fondiga  nisbatan  25  foiz  qilib 
belgilangan
1

III guruh - "Kapital qo`yilmalar" guruhi bo`yicha xarajatlar 
Davlat  investitsiya  dasturida  nazarda  tutilgan  aniq  ro`yhatlarga 
muvofiq  alohida  tarzda  rejalashtiriladi.  Bu  xarajatlar  alohida 
budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi. 
IVguruh  -  "Boshqa  xarajatlar"  tarkibiga  quyidagi  xarajat 
turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi: 
-  "Xizmat safar xarajatlari" 
-  "Kommunal xizmatiarni to`lash xarajatlari" 
-  "Telefon,  telekommunikatsion  va  axborot  xizmatlari 
xarajatlari" 
-  "Joriy ta'mirlash xarajatlari" 
-  "Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni 
to`lash xarajatlari" 
-  "Texnika,  uskunalar,  joriy  maqsadlardagi  boshqa 
buyumlami va oziq-ovqat mahsulotlarmi sotib olish xarajatlari" 
-  "Boshqajoriy xarajatlar". 
IV guruh  moddalari  bo`yicha  xarajatlarni  rejalashtirish  va 
hisob-kitob  qilishning  eng  umumiy  boigan  o`ziga  xos 
xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
-  amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi; 
-  natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi; 
-  hisoblagichlarning  ko`rsatkichlan  bo`yicha  o`tgan  yildagi 
haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi; 


 
 


-  har bir  birlik uchun o`rnatilgan  xarajat me`yorlariga rioya 
etiladi; 
-  energoyoqilgi va boshqa resurslami iqtisod qilish rejimiga 
rioya etiladi. 
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda budjet amaliyotidagi 
o^zgarishlar,  "Davlat  budjetining  g’azna  ijrosi  to`g
;
risida"gi 
Qonun-ning  qabul  qilinishi  va  budjet  tashkilotlari  xarajatlarini 
moliyalashtirish  mexanizmining  o`zgarishi  munosabati  bilan 
amaldagi  414-son  Qarorga  2007-yil,  19-iyul  148-son  Vazirlar 
Mahkamasining  Qarori  bilan  qator  o`zgartirishlar  kiritilishi, 
2007-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari"ning qabul 
qilinishi,  2157-son  "O`zbekistoRespublikasi  Davlat  budjetida 
turuvchi  tashkilotlarning  xarajatlar  smetasi  va  shtatlar  jadvalini 
tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi 
to’g’risida 
Nizom"ning 
kuchga 
kirishi, 
2013-yilda 
O`zbekistoRespublikasi  Budjet  Kodeksining  qabul  qilinishi 
bilan 
budjet  tashkilotlari 
xarajatlarini  rejalashtirish 
va 
to`lovlarini  amalga  oshirish  tartiblari  tubdan  o`zgardi.  Ushbu 
hujjatlarga 
muvofiq, 
g’azna 
ijrosiga 
o`tgan 
budjet 
tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining g`aznachiligiva 
uning  hududiy  bo`linmalari  tomonidan  yagona  g’azna  hisob 
raqamidan, 
shuningdek, 
smetada 
ko`rsatilgan 
xarajatlar 
guruhiarining  har  bir  moddasi  bo`yicha  g’aznachilik  hisob 
raqamidan  amalga  oshiriladi.  Bu  tadbirlar  budjet  tashkilotlari 
xarajatlarini  to`lovlari  va  oqilona  rejalashtirish,  mavjud 
resurslardan  samarali  foydalanish,  mablag`larni  iqtisod  qilish, 
budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni 
qo'ymoqdaki,  ushbu  talablar  budjetdan  moliyalashtirish,  budjet 
tashkilotlarida  moliyaviy  rejalashtirish  va  xarajatlar  smetasini 
tuzish hamda ijro etish jarayonlarini chuqurroq o
4
rganishni talab 
etadi. 


 
75 


 
 

Download 319.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling