G`aznachilik (ma`ruzalar matni)
qilishning umumiy qoidalari
Download 319.01 Kb.
|
Urganch davlat universiteti j. B. Xudayberganov-fayllar.org
qilishning umumiy qoidalari
Yuqondagi bobda ko`rib o`tilganidek, yuridik majburiyat budjet tashkiloti bilan kontragent o`rtasida maium muddatdan so`ng maium bir tovarni yetkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko`rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartib-da g`aznachilikda ro`yhatdan o`tkazilganidan keyin vujudga kelar ekan. Moliyaviy majburiyat esa ana shu shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko`rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Budjet Kodeksida belgilab qo`yilishicha, "moliyaviy majburiyatlar - budjet tashkilotlarida va budjet mablag`lari oluvchilarda ularga pul mablag`larini o`tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu
jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar" 7 hisoblanadi. Moliyaviy majburiyatlarni G'aznachilikda ro'yxatga olishdan ko 'zlangan asosiy maqsad - qabul qilingan yuridik majburiyatlar, tasdiqlangan budjet va xarajatlar smetasi ko`rsatkichlari doirasida xarajatlarni amalga oshirishni ta^minlash hamda budjet tashkilotlarining kreditor qarzliklarini nazorat qilish. Moliyaviy majburiyatning yuzaga kelishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishini talab etadi. Masalan, tovarlar yetkazib berilganligmi tasdiqlovchi hujjat bo`lgan schyot-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko`rsatilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish-topshirish dalolatnomalari, ish haqi qaydnomalari (vedomostlar) va boshqa shu kabi hujjatlar. Mazkur hujjatlar tegishli vakolatga ega boigan masiil shaxslar tomonidan imzolanishi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi shart. Amaldagi qonunchilik talablariga ko`ra, budjet tashkilotlari oldindan, kanruda, 15 foiz to`lovni amalga oshirishlari talab qilinadi, bundan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar mustasno. Ayrim hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan budjetdan mablag` oluvchilarmng xarid qilishda 15 foizdanortiq miqdorda avans to`lashi lozim bo`lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro`yhati tasdiqlanadi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil, 24-avgustdagi 241 -son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi, mazut, ko`mir, benzin, dizel yoqilg`i, mineral o`g`itlar shuningdek, avia va temir yo`l chiptalari, sanatoriylar, dam olish zonalari va bolalar sogiomlashtirish oromgohlariga yo`llanmalar, barcha turdagi shahar yoiovchi transporti yo`l 7 O`zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi. 3-modda. O'RQ-360-son. 131
kartochkalari kabilarni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda (30 foizdan 100 foizgacha) oldindan to`lov joriy etilgan 8 . 2007-sonli "Davlat budjeti g’azna ijrosi qoidalari"ga muvofiq, budjetdan mablag` oluvchilarning ikkinchi tomon oldidagi moliyaviy majburiyatlari ularga tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlarni hisoblash vedomostlari asosida qabul qilinadi 9 . Moliyaviy majburiyatlar, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, shuningdek, sud qarorlari bo`yicha to`lovlar, yig`imlar, badallar, soliqlar va boshqa majburiy to`lovlardan tashqari, oldin tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida qabul qilinadi. I va II guruh xarajatlari bo`yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar to`lovi uchun naqd pul mablag`larini olishga so`rovnoma, shuningdek, ushbu guruhlar xarajatlari bo`yicha to`lov topshiriqnomalari asosidaro`yhatga olinadi. G`aznachilik bo`linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to`lov topshiriqnomalar asosida tashkilot va muassasalarni saqlash, markaz-lashtirilgan tadbirlarni o`tkazish, kapital qo`yilmalar va boshqa maqsadlar uchun to`lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital qo`yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi. Download 319.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling