G`aznachilik (ma`ruzalar matni)
Download 319.01 Kb.
|
Urganch davlat universiteti j. B. Xudayberganov-fayllar.org
jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
- bir turdagi kichik tashkilotlar bo`yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo`yicha; - bir turdagi yirik tashkilotlar bo`yicha, qachonki ularga xo`jalikxizmatlarini ko`rsatish xo`jalik xizmatlarni ko`rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa; - fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bo`yicha;
- ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazlari bo`yicha." *Izoh: 2157-son bilan ro 'yxatga olingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko 'rib chiqish, tasdiqlash va ro yxatdan o 'tkazish tartibi to 'g 'risida Nizom "dan (IJ-bob, ]-§, 16-punkt). _____________ Budjetdan tashqari mablag 'lar bo`yicha smeta - tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo`lib, unda tashkil bo`lish manbalari va ushbu mablag`larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo`nalishlari ko`rsatilgan holda, budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar taiimi muassasalarida talabalarni o`qitishning to`lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag`lar va ularni ishlatish yo ` nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2157- sonli Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smeta asosida rejalashtiriladi. "Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smetalarni tuzadilar: ~ Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg`armasi; - Tibbiyot muassasalarini moddiy rag ` batlantirish va rivojlantirish jamg`armasi; - taiim muassasalarida o`qitishning to`lov-kontrakt shaklidan tushumlar; - qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag`lar, jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg'armalariga yo`naltirilayotgan davlat bojlari, yig`imlar va soliq boimagan to`lovlardan, ma : muriy va
moliyaviy jazolardan ajratmalar. Budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha (Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg'armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag`batlantirish va rivojlantirish jamg`armasi bundan mustasno) smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro`yhatdan o`tkaziladi."* *Izoh: 2157-son bilan ro 'yxatga olingan "O 'zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko ( rib chiqish, tasdiqlash va ro 'yxatdan o 'tkazish tartibi to 'g'risida Nizom "dan (IV-bob, 47-punkt). Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar — vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari tomonidan markazlash-tirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo`yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlangich sinf o`quvctiilarini qishki kiyim-bosh bilan ta'minlash, birinchi sinf o`quvchilariga o`quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim qilish bilan bogiiq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi. "O`zbekistoRespublikasi va Qoraqalpog`istonRespublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo`yicha ularning o`zini saqlash uchun xarajatlar smetasidan tashqari tashkilotning markaziashtirilgan tadbirlari uchun xarajatlar smetasini tuzadilar. Bunda, O`zbekistoRespublikasi va Qoraqalpogiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va hokimiyatlar boshqarmalari va bo`limlari tomonidan markazlashtirilgan holda bir necha tadbirlar (tizimdagi barcha tashkilotlar bo`yicha qo`riqlash xizmatini to`lash, xizmat kiyimini sotib olish, yagona axborot- kompyuter tizimiga xizmat ko`rsatish, seminarlar o`tkazish va boshqalar) bo`yicha xarajatlar amalga oshirilayotganda,
xarajatlar smetasiga har bir to`lanadigan markazlashtirilgan tadbirlar bo`yicha hisob-kitoblar ilova qilinadi" Download 319.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling