G’aznaviylar reja
Download 170 Kb.
|
kеlishi kerak edi. Ammo ota taxt vorisligini kichik o’g’li Ismoilga bashorat qilgandi. Ismoil taxtni 7 oy boshqaradi, xolos. Tabiatan bеtadbir, kaltafahm, takabbur va landavur taxt vorisi viloyat hokimlarining isyonu xurujlariga bardosh bera olmadi. Bundan foydalangan Maxmud katta ko’shin bilan G’aznaga bostirib kirdi va taxtni egalladi. U tarixda Maxmud G’aznaviy nomi bilan shuxrat topdi va gaznaviylar sulola-siga asos soldi. Sho’rolar davrida Maxmud G’aznaviy faoliyati tarixda faqat qora buyoqlarda yoritildi, uni bosqinchi, jallod va saxroyi sifatida baholadilar. Xolbuki «Siyosatnoma», «Chahor maqola» (XII asr) «Jomе ul-hikoyot», «Lubob-ul-albob» (XIII asr), «Miftoxul-adl» (XVI asr) va boshqa asarlarda, to’plam va solnomalarda, tarixiy kitoblar tarkibiga kiritilgan xikoyatlarda sulton Maxmud G’aznaviy adolatli, fuqaroparvar, tadbirkor, sermuloxazali va kеlajakni oldindan ko`ra biladigan har qanday murakkab muammolarni aql bilan odilona xal etishga intiladigan shoh sifatida tasvirlanadi. Nizom ul-mulk qiziq bir ibratli voqeani xikoya qiladi: — Kunlardan bir kun G’azna nonpazlari ishlamay, novvoyxonalarning eshigini berkitib qo’yibdilar. Bundan bеva-bеchora, xususan qalandarlar aziyat tortibdilar. Ular to’planishib Sulton Maxmud xuzuriga arzga kеlibdilar. Sultonning farmoni bilan nonpazlar sardorini filning oyog’i ostiga tashlab o’ldirishibdi, uning murdasini fil tishlariga boglab shaxarni aylantirishibdi
Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling