Gegel georg Vilgelm Fridrix


Download 9.65 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.65 Kb.
#1561144
Bog'liq
Hujjatgegel


GEGEL Georg Vilgelm Fridrix (1770.27.8, Shtutgart — 1831.14.11, Berlin) — yirik nemis faylasufi, nemis mumtoz falsafasining eng mashhur vakili.Nemis faylasufi Gegel Vyurtemberg knyazligining poytaxti Shtutgart shahrida tug‘ilgan. Uning otasi xazinaxona kotibi bo‘lib xizmat qilgan.
Gegel Arastu zamonidan buyon yashab kelayotgan mantiq ilmi an’analarini birinchilardan bo‘lib qayta ko‘rib chiqdi hamda falsafa tarixidagi eng dadil tamoyilni ilgari surdi. Uning mazmuni shunday: «Qarama-qarshilik – haqiqat mezoni. Qarama-qarshilikning yo‘qligi esa –xatolar mezoni».
Gegel to‘liq universitet ta’limini olgan. Ilohiyotshunoslik fanlari nomzodi va falsafa magistri darajasiga ega bo‘lgan. 1793 yildan 1800 yilgacha xonadonlarda muallimlik va tarbiyachilik qilgan. 1801 yilda Yen shahriga keladi va mahalliy universitetda falsafadan dars beradi.1788—93 yillarda Tyubingen institutida taxsil olgan. Bu yerda falsafa va ilohiyotni oʻrgangan. Bernda (1793—96), Frankfurtmaynda (1797—1800) zodagon oilalarda oʻqituvchi, Iyena (1801—07), Geydel-berg (1815—18) universitetlarida professor, Nyurnberg gimnaziyasida (1807—16) direktor, ayni paytda, „Bamberg gazetasi“ da muharrir, Berlin universiteti professor (1818-28), rektori (1829-30).
Gegel oʻz taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi rivojining yakuni, deb hisoblagan boʻlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori bosqichi deyish mumkin.
Gegel falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning tubida „olamiy ruh“, „olamiy aql“, „mutlaq ruh“, „mutlaq gʻoya“, deb atalmish mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido shuning uchun ham olamiy, mutlaqki, uning mavjudligi hech qanday boshqa narsaga bogʻliq boʻlmay, u tabiat va jamiyat vujudga kelgunicha mavjud boʻlgan. Bu maʼnoda, „olamiy“, „mutlaq“ ruh tushunchasi „ilohiy ong“ tushunchasiga hamohang va mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof etishicha, falsafaning mazmuni, uning ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj hamda manfaatlari bilan tamomila mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa abadiy haqiqat, xudo va uni anglashdir; falsafa dinni qay darajada kashf qilsa, oʻzini shu darajada namoyon etadi va aksincha, u qay darajada oʻzini namoyon etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din va falsafa oʻzaro mutanosibdir. Gegelning fikricha, agar xudo dinda eʼtiqod shaklida tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yoʻl bilan bilinadi.
Gegelning taʼkidlashicha, xudo barcha narsalarda mavjud boʻlib, u faqat sof tafakkurdagina, oʻzining mohiyatiga mutanosib shaklda, mukammal namoyon boʻladi. Gegel Falsafasida yakun topgan mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi „oʻzini oʻzi bilishdan“ boshqa narsa emas.
Gegel taʼlimotida rivojlanish „triada“ — 3 bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez) shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq, mazkur falsafaning markaziy tushunchasi — „mutlaq ruh“ dialektik rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib oʻtadi: 1. „Mutlaq ruh“ ning tabiat yaratilganiga qadar boʻlgan sof tafakkur bosqichi. 2. „Mutlaqruh“ ning tabiatga aylanishi. 3. „Mutlaq ruh“ ning tabiatiing inkori sifatida yana oʻziga qaytishi. Gegel Taʼlimotiga binoan olam ruhiy tabiatga ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech ham mutanosib boʻlmagan jismiy borliq — tabiat shakliga oʻtadi va shu bois, uning uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning muhim tamoyili boʻlib, u ayni ziddiyatning mahsulidir. Xuddi tabiatiing oʻzida ruhning undan, yaʼni oʻzining „oʻzgacha borligʻi — begonalashuvidan“ yana „oʻziga qaytishi“ boshlanadi. Oʻz hayotining ilk bosqichlarida hali tabiat qoʻynida boʻlgan inson ongning vujudga kelishi (fenomenologiya) natijasida oʻz mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-sekin uzilib, koʻtarila, yuksala boshlaydi va u ruhiy mavjudot („subyektiv ruh“) sifatida, oʻzining bunday mohiyatini tegishli (anglovchi va xoxlovchi) xususiyati va uning mazmuniga mos tarzda payqamas, oʻzlashtirmas ekan, ibtidosi qanday boʻlsa, shundayligicha qolaveradi.
„Obyektiv ruh“ ning koʻrinishlari ijtimoiy hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik jarayonlarini bosib oʻtadi. Bu yerda ham boshqa joylardagidek, uchinchi bosqich uzidan avvalgi ikkitasining omixtasi (sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda huquqiy mazmun bilan axloqiy eʼtiqodning mushtarakligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Mazkur mushtaraklik davlat timsolida oʻzining oliy ifodasini topadi.
Xudo subyektivlik bilan obyektivlikning (biluvchi va biluvchiga bogʻliq boʻlmagan mohiyatning) birligidir. Substansiya (mohiyat) va biluvchi (subʼyekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, yaʼni „mutlaq ruh“ ning uchta shakli „obyektiv ruh“ ning tegishli koʻrinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik sanʼatda „mushohada“ qilinadi, dinda esa „tasavvur“ etiladi, faqat mutlaq ilm — falsafada u bilinadi, yaʼni ayni shu yerda pirovard maqsadga — inson cheklangan mohiyatining cheksizlikka daxldor boʻlishligiga erishiladi. Ilohiy aql bilan ana shu mushtaraklik Gegel Falsafasining sir-sinoati, asl maʼnosini tashkil etadi. Gegelning falsafiy taʼlimoti davlat va tarixii tushunish sohalariga katta taʼsir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga „olamiy ruh“ ning oʻzini oʻzi anglash jarayoni va shu bilan birga „ozodlikni anglashdagi taraqqiyot“ sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson oʻzining „mutlaq gʻoya“ bilan mohiyatan birligini biladi va oʻzini obyektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada „mutlaq ruh“ tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro oʻzining umumozodlik bilan jiddiy oʻxshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa oʻxshab koʻrinishini uning oʻzi biladi.
Gegel falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va miqdor oʻzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.
Gegel taʼlimoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan.
Gegel 61 yoshida to‘satdan vaboga chalinib hayotdan ko‘z yumdi.
Gegelning quyidagi asarlari ma’lum: «Xalq dini va nasroniylik» (1793), «Fixte va Shelling tizimlari o‘rtasidagi tafovut» (1801), «Mantiq ilmi» (1812-1816), «Falsafiy ilmlar qomusi» (1817), «Huquq falsafasi asoslari» (1821), «Huquq falsafasi» (1826). Asosiy asarlari: „Ruh fenomenologiyasi“ (1807), „Mantiq fani“ (1812— 16), „Falsafa fanlari ensiklopediyasi“ (1817), „Huquq falsafasi“ (1821), „Din falsafasi buyicha leksiyalar“(1832), „Falsafa tarixi buyicha leksiyalar“ (1833—36), „Estetika boʻyicha leksiyalar“ (1835—38), „Tarix falsafasi buyicha leksiyalar“ (1837).
Gegelning shogirdlari tomonidan uning ma’ruzalari, rejalari, qoralamalari hamda chizgilari orasidan tanlab olingan asarlari quyidagicha nomlanadi: «Falsafa tarixiga oid ma’ruzalar», «Tarix falsafasiga doir ma’ruzalar», «Estetikaga oid ma’ruzalar», «Diniy falsafaga doir ma’ruzalar».
Keyinchalik, ya‘ni Gegeldan keyin ko‘pchilik falsafashunoslar orasida Gegilchilik va Neogegilchik oqimlari vujudga keldi. Ular olimning falsafiy fikrlari to‘g‘risida har xil g‘oyalarni va fikrlarni ilgari surishardi.
Gegelchilik — Gegel taʼlimotini rivojlantirishga harakat qilgan falsafiy oqim. 19-asrning 30—40-yillarida Germaniyada vujudga kelgan. Gegelchilik Vakillari diniy masalalar yuzasidan munozaralarda Gegelni ortodoksal teizm ruhida talqin etuvchi konservativ keksa (oʻng qanot) gegelchilar (Geshel, Daub va b.) va Gegelning “olamiy ruh”i ga qarama-qarshi ravishda ayrim shaxslarning tarixda oʻz-oʻzini anglashi ahamiyatini qayd etuvchi yosh (sul qanot) gegelchilar (Ruge, Bruno, Bauer, Feyerbax, Shtraus va b.)dan iborat edi. Oʻng hamda soʻl gegelchilar oʻrtasida oraliq gegelchilar (K. Rozenkrans, I. E. Erdman va b.) ham boʻlgan. K. Marks va F. Engels Gegel dialektik uslubining “ratsional magʻzi”ni oʻzlarining tarixii materialistik tushunish nazariyalari negiziga quydilar. Fransiyada G.ka Kuzen asos soldi, Ten, Renan, Gamelen, Andler va b. Tomonidan rivojlantirildi. Angliyada Gegelchilikni Stirling “Gegel siri” asari (1865) bilan boshlab berdi. Bozanket, MakTaggart, Xoldeyn (vikont Kloanskiy), Beyli va b. Mazkur yoʻnalishga mansub bulganlar. Gegelchilik Italiyada ham keng rivoj topdi (Joberti, Rosmini, Jentile, Kroche). Shuningdek Rossiya, slavyan mamlakatlari, Skandinaviya va Gollandiyada keng tarqaldi. Gegel taʼli-moti oʻzga millatlar ongiga uzoq davr mobaynida taʼsir koʻrsatdi. 20-asrning 20-yillaridan Gegel gʻoyalariga qiziqish borasida yangi davr boshlandi.
Neogegelchilik — falsafiy okim. 19-asroxiri va 20-asr boshlarida Germaniyada shakllanib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Neogegelchilar Gegel taʼlimotini yangicha izoxlab, shu asosda bir butun dunyoqarashni yaratishga urindilar. Neogegelchilik Markazida tarix va madaniyat, davlat, huquq falsafasi masalalari yotadi; dialektik metod tafovutlarning eklektik sintezi, qarama-qarshiliklarni murosaga keltiruvchi omil sifatida talqin etiladi. Neogegelchilik Turli mamla-katlarda turlicha shaklda namoyon boʻldi. N.ning namoyandalari: J. X. Stirling, E. Kerd, F. Bredli, B. Bozanket, J. E. MakTaggart, R. Kollingvud (Buyuk Britaniya), G. Bolland (Niderlandiya), B. Kroche, J. Jentile (Italiya), V. Dil-tey, R. Kroner (Germaniya), I. A. Ilin (Rossiya), J. Val, A. Kojev (Fransiya). Xalqaro “Gegelchilar ittifoqi” tuzilib (1930; markazi Niderlandiya), Gaagada (1930), Berlinda (1931), Rimda (1934) kongresslari boʻlgan. 1930-yillar oʻrtasida mustaqil falsafiy oqim sifatida barham topdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin “Gegelchilar ittifoqi”ni qayta tiklashga urinishlar hech qanday samara bermadi. Ammo Neogegelchilikning baʼzi gʻoyalari hozirgi zamon faylasuflarining qarashlarida baʼzan koʻzga tashlanib turadi.
Download 9.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling