Geliy-Neon lazerlari ishlashini o’rganish
Download 272.88 Kb.
|
8-Geliy-Neon lazerlari ishlashini o’rganish
Agar razryad trubkasiga geliy kirgizsak, ahvol butunlay o‘zgaradi. Geliy 2-rasmning chap tomonida ko‘rsatilgan uzoq yashovchi (metastabil) ikki Е3', E2' holatga ega, bu holatlar elektronlar bilan to‘qnashish vaqtida uyg‘onadi va ularning yashash vaqti katta bo‘lgani sababli geliyning metastabil atomlarining razryaddagi konsentratsiyasi katta bo‘ladi. Geliyning metastabil holatlarining E3', E2' energiyalari neonning E2, E3energiyasiga yaqin, bu hol geliy bilan neon to‘qnashganda uygonish energiyasining geliydan neonga uzatilishi uchun qulaydir. Bu jarayonlar gorizontal punktir strelkalar yordamida simvolik ravishda ko‘rsatilgan. Natijada Е3, Е2 sathlarda joylashgan neon atomlarining konsentratsiyasi keskin ortadi, E2 va E3 sathlar invers ravishda bandlanadi, Е2 va Е1 sathlarning bandliklar farqi esa bir necha marta ko‘payadi. Demak, neonga geliyning (taxminan 5:1-10:1 munosabatda qo‘shilishi Geliy-neon lazerlaridagi generatsiya uchun juda muhim.
Aniq miqdoriy tekshirishlar geley-neon lazeri nurlanishining (=632,8 nm) fazoviy kogerentlik darajasi 12 birga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, dastaning ko‘ndalang kesimidagi intensivligi o‘qdagi maksimal intensivliklikning 0,1% iga teng bo‘lgan nuqtalar uchun oqimning kogerent bo‘lmagan 1-12 taxminan 10-3 ga teng bo‘lib, o‘qdagi nuqtalar uchun taxminan 10-5 ga teng Hisoblar lazer nurlanishining kogerent bo‘lmagan qismining qiymatlari yuqorida ko‘rsatilganidek bo‘lishiga uning aktiv muhitdagi spontan chiqarish sababchi ekanligini ko‘rsatadi.
Download 272.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling