Gelmintologiya (gelmintlar va logiya)


Download 100.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2023
Hajmi100.28 Kb.
#1319965
Bog'liq
Gelmintologiya - Vikipediya



Gelmintologiya
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) —
parazit chuvalchanglar — gelmintlar
hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda
ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni
oʻrganadigan fan. G. parazit
chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi,
biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi,
geografik tarqalishi va zoologiya
sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning
xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi,
Gelmintoz kasalliklarga (qarang


[[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning
klinik belgilari, patogenezi,
epidemiologiyasi va epizootologiyasini
oʻrganish, ular asosida davolash va
profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham
G.ning vazifalariga kiradi. Parazit
chuvalchanglarni oʻrganish tufayli G., bir
tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi
boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning
patogenlik xususiyati va ularga qarshi
kurash choralarini oʻrganish orqali klinik
fanlar — patfiziologiya, patanatomiya,
biokimyo, immunologiya va b. bilan
bogʻlangan. Amaliy G. tibbiyot va
agronomiya G.siga ajratiladi. G.ning
bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy
boʻlsada, amaliy jihatdan zarur


hisoblanadi. Tibbiyot G.si odam
organizmida parazitlik qiladigan
gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya G.si
oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va
ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab
chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya
G.si esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi
hayvonlarda parazitlik qiladigan
gelmintlarni va ularga qarshi kurash
choralarini oʻrganadi. Odamlarda
parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi
dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn
Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida
uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida
parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt"
(qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga
oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti


qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b.
hamda ular keltirib chiqaradigan
kasalliklarni davolash haqida
maʼlumotlar bergan. G. sohasidagi
dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P.
Fedchenko tomonidan 1868 yilda olib
borilgan. U Samarqandda rishtaning biol.
sini oʻrgangan. G. sohasidagi tadqiqotlar
20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻrta
Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot
parazitologiyasi instituti hamda bir
qancha tropik st-yalarning tashkil etilishi
bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta
hayotini oʻrganib, unga qarshi kurash
choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot
parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni
boshlab berdi. Bu boradagi ishlar


keyinchalik S. N. Bobojonovning
tadqiqotlarida oʻz aksini topdi.
Oʻzbekistonda veterinariya G.si
sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n
asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari
gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va
ekologik xususiyatlari hamda ularga
qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X.
Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A.
N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A.
Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S.
Dadayev, G. S. Poʻlatov va b.ning ishlarida
aks etgan. Oʻzbekistonda fitogelmintlarni
oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab
bergan. Turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari
ildizi va uning at-rofidagi tuproq
nematodalarini oʻrganish A. T. Toʻlaganov


va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza,
kanop, sabzavot va yem-xashak ekinlari,
subtropik oʻsimliklarning nematodalari
oʻrganilgan; boʻrtma nematodalariga
qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy
usullari ishlab chiqilgan (A. T. Toʻlaganov,
O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3.
Norboyev, Sh. Xurramov, A. I.
Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin
yashovchi gelmintlarning indikatorlik
xususiyatlari, parazit fitogelmintlar
evolyutsiyasi ular zararlaydigan
oʻsimliklar bilan birga borishi ochib
berilgan (O. Mavlonov, 3. Norboyev).
Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi,
jumladan 80 ga yaqin yangi turi
aniqlangan. Keyingi yillarda G.da asosiy


eʼtibor ekologiya, biokimyo va b.
eksprimental tadqiqotlarga
qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular
xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va
filogenetik munosabatlar tadqiq
qilinmoqda. G. sohasidagi ishlar kishilar
sogʻligʻini saqlash, qishloq xoʻjaligi
hayvonlari mahsuldorligi va ekinlarning
hosildorligini oshirishda katta amaliy
ahamiyatga ega, Gelmintologik
tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar
akademiyasi Zoologiya, Veterinariya va
Chorvachilik institutlari lab.lari,
Oʻzbekiston milliy universitetida,
shuningdek, Termiz, Samarqand, Nukus
davlat universitetlari, Toshkent,
Samarqand, Andijon tibbiyot intlari,


Toshkent pedagogika universiteti hamda
Samarqand va Toshkent davlat agrar
untlari kafedralarida olib boriladi.
Jaloliddin Azimov, Ochil Mavlonov.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:27 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Gelmintologiya&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Gelmintologiya&oldid=283985
7" dan olindi


boʻlsa).

Download 100.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling