Gemini cad


Download 15.07 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi15.07 Kb.
#1751265
Bog'liq
LABORATORIYA MASHG-4


LABORATORIYA MASHG‘ULOTI №4
GEMINI CAD” avtomatlashtirilgan sistemasi bilan tanishish.
Ishdan maqsad: Talabalar “GEMINI CAD” sistemasida ishlash kо‘nikmalari bilan tanishtirish va bu sistemada ikki о‘lchamli loyihalash tо‘risida tо‘liq tasavvurni shakllantirish.
Texnik jihoz va kо‘rgazmali materiallar: Kompyuter programmalari paketi.
Adabiyot: Kamilova X .X., Samuxitdinova L. S., Ilxomova M. U. Metodicheskiye rekomendatsii po polzovaniyu SAPRodejdi firmi GEMINI CAD. TITLP, Tashkent 2002


Metodik kо‘rsatmalar
GEMINI “Pattern Yeditor” moduli ishga tushirildi va andozalar tо‘liq komplekti ekranga chaqirildi (2-rasm).
Bunda har bir detal uchun quyidagi ishlar bajarildi:
- andozalarda tanda ipi yо‘nalishi kо‘rsatildi;
- buklovdagi detallar uchun simmetriya о‘qi chizig‘i kо‘rsatildi;
- har bir detalga chok aqi qiymati berildi;



Andozalar tо‘liq komplekti




  • detal nomi, material turi, aylanish yо‘nalishi va bichiqdagi detallari soni kо‘rsatildi.

“Nestexpert” moduli ishga tushirildi. Material turi tanlandi va andozalar ish stoliga chaqirildi. Material eni, uning dastlabki uzunligi, komplektlar soni belgilandi. Bu modul yordamida materialda gorizontal va vertikal chiziqlarni (boshlanishi, orasidagi masofa va tugashi) belgilash, nuqsonlar (agar bо‘lsa), о‘rnini kо‘rsatish va h.k.
Bu ishda uch xil material (sun’iy charm, sun’iy mо‘yna va sun’iy zamsh) uchun andozalar joylashmasi bajarildi. Har bir material uchun andozalar joylashmasi alohida-alohida bajarildi (3-rasm). Joylashmani avtomatik usulda bajarishda vaqtni operator belgilaydi. Masalan, 2 minut, 3 va h.k. berilgan vaqt limitida kompyuter otirasidagi mavjud variantlarni kо‘rib chiqadi va berilgan topshiriqqa muvofiq muqobil variantdagi joylashmani bajaradi.
Joylashmani bajarish tugagach kompyuter bu haqda ma’lumotni ekranga chiqaradi. Operator joylashmani “*ord” kengaytmasi, ya’ni buyurtma nomini bergan holda kompyuter xotirasiga saqlab qо‘yadi. Bu joylashmani istalgan vaqtda qayta ekranga chaqirish va kerakli о‘zgartirishlar kiritish mumkin.


Andozalar joylashmasini bajarish


Joylashma aqidagi hisobotlar operator uchun qulay bо‘lgan “Yexcel”, “PDF” formatlarida saqlab qо‘yiladi va chop etishga beriladi (4-rasm).
Dars davomida har bir talaba о‘z model andozalarini joylashma uchun tayyorladilar. Andozalar uchun chok aqi qiymatlari, tanda ipi yо‘nalishi, nazorat kertiklari va chok aqi qiymatlarining sopryajeniyesi tekshirib chiqildi.
Har bir joylashma bir necha variantda (turli kenglikdagi materiallar) uchun ishlab chiqildi. Ish jarayonida komplektlar soni ham hisobga olindi.

4-rasm. Har bir joylashma uchun andozalar joylashmasi hisoboti


Nazorat uchun savollar

  1. Kiyim detallari andozalariga qanday ma’lumotlar kiritiladi?

  2. Tanda ipi yо‘nalishi qanday aamiyatga ega?

  3. Detallar sopryajeniyesi nima?

  4. Simmetriya о‘qi qaysi funksiya yordamida amalga oshiriladi?

Download 15.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling