Gender tadqiqotlari tahlili
Download 247.3 Kb.
|
Gender tadqiqotlari tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gender tenglik
Gender statistikasi
O`zbekiston gender statistikasi sayti Gender statistikasi bu - ayollar va erkaklarning gender nuqtai nazaridan farqini aniqlash va buni tizimli ravishda o`rganib borish uchun, ayol va erkaklarning muhim ahamiyatga ega bo`lgan barcha yo`nalishlardagi haqiqiy o`rnini holisona aks ettiruvchi statistika hisoblanadi. Gender statistikasi inson to`g`risida ma`lumotlar yig`iladigan barcha statistik mavzularga daxldor bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga olgan bo`ladi: (1) jinsiy tarkibi bo`yicha ma`lumotlar, (2) gender masalalarini (gender ko`rsatkichlarini) aks ettiruvchi statistika, hamda (3) statistikaning barcha sohalariga gender yondashuvini joriy qilish. Gender statistikasi tushunchasining tayanch nuqtasi bo`lib, ikki tushuncha ya`ni, “jins” va “gender” tushunchalari o`rtasidagi farq nazarda tutiladi. Ayrim hollarda ushbu toifalar (jins – erkak, ayol; va gender – maskulin, femin) bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida aks ettiriladi. Lekin bu unday emas: Jins – ayollar va erkaklarning o`zgartirib bo`lmaydigan nisbiy biologik farqlarini ifodalovchi termindir. Jins oldindan to`la belgilangan, universal va vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Gender, yoki ijtimoiy jins – ayollar va erkaklar o`rtasidagi o`zgaruvchan ijtimoiy-madaniy farqlarni, rollarni, axloq andozalarini, “tabiiy” (“tug`ma”) bo`lmagan, ya`ni jamoat tasavvuridagi me`yorlar va an`analar asnosida ular tomonidan o`zlashtirilgan sifat va boshqa ta`riflarni ifodalovchi termindir. Ayollar va erkaklarga hos bo`lgan tushunchalar to`g`risidagi ayol va erkaklarning tasavvuri, turli sohalarda vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin (o`zgarmoqda ham). Gender tenglik – erkaklar va ayollar ijtimoiy sohada teng tarzda ahamiyatga, teng huquq va mas`uliyatga, xamda teng sharoitlarga (manba va imkoniyatlarga teng tarzda erishish) ega bo`lsalar va ulardan qonunda belgilangan tarzda rasmiy tenglik (“hujjat asosidagi tenglik”) asosida foydalana olsalargina, tenglik o`z aksini topadi. Download 247.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling