General motors


Download 485.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana13.01.2023
Hajmi485.52 Kb.
#1092147
  1   2
Bog'liq
4-mavzu MDK



10 
3-MA’RUZA 
SANOATDA QO’LLANILUVCHI MANTIQIY DASTURLANUVCHI 
KONTROLLERLAR
Reja: 
2.1. Mantiqiy dasturlanuvchi kontrollerlarning yaratilishi 
2.2. Dasturlanuvchi relelar 
2.3. Sanoatda qo'llaniluvchi mantiqiy dasturlanuvchi kontrollerlar 
“GENERAL MOTORS” kompaniyasi birinchi bo‘lib tizimning “ulanadigan” 
boshqaruv doskalarini o‘rnatishga ehtiyoj sezganlardan biridir. Raqobatning 
kuchayishi avtomobil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarishdagi sifatni va 
ishlab chiqarish ko‘rsatkichini yuqori qilishga majbur qildi. Ishlab chiqarish 
avtomatlashtirilgan liniyalarining moslashuvchanligi hamda tez va oson 
o‘zgaruvchanligi tanqidlar ostida edi. 
“GENERAL MOTORS”ning g’oyasi mantiqiy tizim uchun relelar o‘rniga 
mikrokompyuterdan foydalanish edi. Kompyuter katta, qimmat va 
nomoslashuvchan boshqaruv doskasiga nisbatan bir qancha afzallilarni 
qamrab olar edi. Agar tizimning asosida operatsiyalar tartibiga o‘zgartirish 
kiritish 
kerak 
bo‘lsa, 
relelarni 
qayta 
ulash 
o‘rniga 
faqatgina 
mikrokompyuterdagi dastur o‘zgartirilishi kifoya edi. 
Bedford Associates (Bedford, MA) AQSHning yirik avtomobil ishlab 
chiqaruvchilarga “MODICON” deb nomlanuvchi mikrokompyuterli boshqaruv 
panelini taklif qildi. Boshqa kompaniyalar PDP-8 ga asoslangan, kompyuter 
asosidagi sxemalarni taklif etishdi. “MODICON 084” esa birinchi bo‘lib PLC ni 
tijorat mahsulotiga aylantirdi. 
Mahsulot talablari o‘zgargani sayin boshqaruv tizimi ham o‘zgarib bordi. 
Tizimdagi o‘zgarishlar tezlashgani sababli sarflar ham ko‘payib bordi. Shu 
tariqa rele tizimlari mexanik topilma (ijod namunasi) bo‘lgani uchun 


11 
cheklangan vaqt mobaynida muayyan jadvalda nazarda tutilgan 
operatsiyalarni bajara olar edi. Muammoga sabab bo‘luvchi bu kashfiyot juda 
ko‘p relelar bunga bevosita aloqador bo‘lgan vaqtda bir muncha 
qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. 
Bu kabi relelar bir-biriga o`zaro shunday bog`lanadiki, oqibatda ko‘zda 
tutilgan natijaga erishilardi. Bu borada ishlab chiqarish jarayonidagi 
avtomatlashtirihgan himoya tizimlarini (Manufactured Automation Protect 
systems) standartlashtirishga ehtiyoj sezildi. Bu, shuningdek, MDK o`lchamini 
o`zgartirish va ularni turg`un dasturlash terminallari yoki qo`l mehnatiga 
asoslangan dasturlovchi o`rniga shaxsiy kompyuterlarda grafik dastur tuzish 
orqali odatiy dasturlar tuzishga aylantirish uchun ham ayni fursat edi. 
2.1-rasm. Mantiqiy boshqarish qurilmalarining bajarish funksiyalarinining 
narxiga bog’liqligi. 
Mantiqiy boshqarish qurilmalarini bajarish funksiyalari bo’yicha oddiy 
rele-kontaktorlar, vaqt relelari, mikro-MDK hamda yirik MDK lar kabi ketma-
ketlikda joylashtirish mumkin. 
Butun jahon bo’ylab mantiqiy dasturlanadigan kontrollerlarni ishlab 
chiqaruvchilar ro’yxati quyida keltirilgan: 
• 
ABB
, Shvetsiya va shvetsariyaning Power Line Carrier seriyali qurilmalar 
ishlab chiqaruvchi kompaniyasi.


12 
2.2-rasm. ABB firmasining AC seriyali kontrollerlari. 
ABB firmasi xavfli sharoitlarda ham texnologik jarayonni boshqarishga 
mo’ljallangan AC500, AC500-eCo, AC500-S va AC500-XC kabi mantiqiy 
dasturlanadigan kontrollerlarini ishlab chiqaradi. 
Allen – Bradley, Rockwell Automation firmasiga tegishli SLC 500, 
ControlLogix, MicroLogix hamda Micro500
kontrollerlarini ishlab chiqaradi. 
2.3-rasm. Allen-Bradley sanoat kontrollerlari. 
Bu firma kontrollerlari bajarish funksiyalariga ko’ra mikro-nano, kichik 
va yirik boshqarish tizimlari uchun guruhlangan.
Siemens firmasi LOGO!, Simatic S7 seriyali kontrollerlarini ishlab 
chiqaradi. Bu firmaning mantiqiy dasturlanuvchi kontrollerlari Micro 
Automation va Total-integrated Automation segmentlariga ajratilgan. 


13 

Download 485.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling