Generator-dvigatel sxemasi reja: Generator Dvigatel Generator-dvigatel sxemasi
Download 35.11 Kb.
|
Generator-dvigatel sxemasi
Asinxron dvigatelning tuzilishi.
Elektr dvigatellari orasida eng kơp tarqalgan dvigatel uch fazali asinxron dvigateldir. Bu dvigatelni birinchi bơlib M.O.Dolivo-Dobrovolskiy ixtiro qilgan. Asinxron dvigatelning paydo bơlishiga aylanuvchi magnit oqimini hosil qiluvchi qurilmalarni yaratish imkonini bergan uch fazali tok sabab bơldi. Ularning asinxron deb atalishining sababi dvigatelning aylanuvchi qismi rotor magnit oqimi tezligiga ega bơlmagan, ya'ni u bilan sinxron bơlmagan holda aylanadi. Uni aylanish tezligini doimiy saqlash zarur bơlmagan ishlarda, shuningdek, bir fazali qilib kichik quvvatlarda ishlatish mumkin. Bu lektr dvigatelning tuzilishi sodda bơlib, boshqa dvigatellarga qaraganda ishlatish ishonchli va arzondir. Har qanday elektr mashina, jumladan, asinxron dviatel ham qaytuvchanlik xossasiga ega bơlib, ham generator (mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi), ham dvigatel bơlib ishlaydi. Bir qancha katta kamchiliklari borligiga kơra asinxron generatorlar amalda deyarli qơllanilmaydi. Har qanday elektr mashinasi kabi, asinxron dvigatel ham ikki asosiy qismdan, stator va rotordan iboratdir. Dvigatelning qơzğalmas qismi stator aylanadigan qismi esa rotor deb ataladi. Stator tashqi pơlat tana va unga presslangan pơlat ơzakdan iborat. Stator tanasi-ning sovutiladigan sirti kattaroq bơlishi uchun, u qirrali qilib saladi. Ơzak shtamplangan bơlib, bir-biridan lak bilan izolyatsiyalangan pơlat listlardan yiğiladi. Pơlat ơzakning ichki tomonida ariqchalari bor. Bu ariqchalarga statorning uch fazali chulğami joylashtiriladi. Stator ichiga mashinaning aylanuvchi qismi - rotor joylashtiriladi.Rotor ơzagi ham ingichka pơlat tunukalardan yiğiladi. Rotor ơzagining tashqi tomonida ariqchalari bor. Bu ariqchalarga rotor chulğami joylashtiriladi. Rotor chulğamlarining turiga qarab, asinxron dvigatel rotori qisqa tutashgan va fazali rotori dvigatellarga bơlinadi. Qisqa tutashtirilgan rotorning ariqchalarda joylashgan chulğami, mis yoki alyuminiy sterjenlardan iborat bơladi. Bu sterjenlar rotorning ikki tomonidan mis yoki alyuminiy halqalarga qisqa tutashtirilgan bơladi va ơzaksiz kơrinishda bunday chulğam «olmaxon ğildiragi»ni eslatadi. Fazali rotor uch fazali asinxron dvigatelning stator tuzilishi rotori qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelning statoriga ơxshaydi. Fazali rotor chulğami stator chulğamiga ơxshaydi va uning uchlari uchta mis halqalarga ulanadi. Bu halqalarga dvigatelni yurgizish yoki tezligini rostlash uchun qơshimcha qarshiliklar (reostatlar) ulanadi. DVIGATEL Sanoatda, xalq xo’jaligida ishlab chiqarish sohalarida bo’ladigan har qanday yangiliklar fan-texnikani yutuqlariga asoslanadi. Ma‘lumki insoniyat yaralgandan buyon yashash tarzini yaxshilash, og’ir mehnatni aql-idrok bilan yengish, kam harajat qilib, ko’proq foyda olish, qolaversa tabiat sirlariga, qonuniyatlariga, ulardan to’g’ri, oqilona foydalanishga harakat qilib keladi. Insoniyat tarixidagi ko’pgina kashfiyotlar, ixtirolar va ulardan samarali foydalanish turmush tarzini keskin o’zgartirib yuboradi. «Issiqlik texnikasi asoslari» fani borasidagi ko’pgina kashf etilgan yangiliklarni ham o’z salmog’i o’rni bor. Bu yangiliklar, kashfiyotlar, ixtirolar qatoriga issiqlik, mashinalari ya‘ni issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirish, bularning asosida ichki yonuv dvigatellarining ixtiro etilishi va ulardan xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda muttasil foydalanayotganimiz buning isbotidir. Yozilgan uslubiy ko’rsatmada ichki yonuv dvigatellari (IYoD)ning sikllari, klassifikasiyasi, termodinamik jarayonlari, IYoD larini atrof-muhitga ta‘siri borasida fikrlar yuritiladi. Talabalarning bu borada o’zlari mustaqil ishlar qilishlari uchun ma‘lum ma‘noda ma‘lumotlar olish imkoniyati tug’iladi va ular o’zlarining nazariy bilimlarini yanada mustahkamlab, mustaqil fikr yuritish, IYoD va ularning ahamiyati, ulardagi kamchilik va afzalliklar borasidagi bilimlarini biroz bo’lsada chuqurlashtiradilar degan umiddamiz. Download 35.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling