Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari


b) Generatorni yuklama ostida tekshirish


Download 251,62 Kb.
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi251,62 Kb.
#1201845
1   2   3   4   5
b) Generatorni yuklama ostida tekshirish
Generatorni yuklama ostida tekshirish uchun ulanish sxemasiga hech qanday o`zgartirish kiritilmaydi. Elektrodvigatel yordamida generator rotorining aylanishlar chastotasi sekin asta oshiriladi va reostat dastasi (17) soat mili yo`nalishida aylantirilib, generatorga yuklama beriladi. Bunda generator ishlab chiqarayotgan kuchlanish kamayadi (chunki U2 = Ye - IRst, bu yerda I - yuklama toki; Rst - stator chulg’amalari qarshiligi). Generator kuchlanishini nominal qiymatga yetkazish uchun yuklamani oshirish bilan birgalikda rotorning aylanishlar chastotasini oshirib boriladi. Generator kuchlanishi va yuklama toki nominal qiymatga ega bo`lgan holga to`g’ri kelgan aylanishlar chastotasiga, generatorning to`la unum bilan ishlash nuqtasi deb ataladi. Ishga yaroqli generatorning to`la unum bilan ishlash nuqtasiga tegishli aylanishlar chastotasi uning tavsifnomasida ko`rsatilgandan ortiq bo`lmasligi kerak.


2.O`zgaruvchan tok generatorining elektr
tavsifnomasini olish
a). Generatorning elektr tavsifnomasini kuchlanish rostlagichi ulanmagan holda tekshirish

Bu tekshirishni o`tkazishdan avval voltmetr almashlab ulagichi (25) PH - 40V holatga keltirilishi kerak. So`ngra yuklama almashlab ulagich 10 yordamida akumulyator generator uyg’otish chulg’amiga ulanadi(yuklama almashlab ulagich "40A" holdan 2...3 sekundga "B" holatga keltiriladi). Generator uyg’ongandan keyin, uning aylanishlar chastotasini 700 dan 1300 1/min gacha asta-sekin oshirib boriladi. Har 100 1/min da generatorning kuchlanishi UG (qurilmadagi voltmetr (1) yordamida) va uyg’otish toki IU (ampermetr 6 yordamida) o`lchanadi va hisobotdagi tegishli jadvalga yozib boriladi. Tajriba na-tijasida olingan ma’lumotlar asosida


UG = f(n) va IU = f(n)
grafiklari chiziladi. Masshtabda chizilgan grafiklar ostida generatorning kuchlanish rostlagichi ulanmagan holdagi elektr tavsifnomasining qisqacha tahlili yoziladi.

Download 251,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling