Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari


a). Generatorni salt yurishda tekshirish


Download 251.62 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi251.62 Kb.
#1201845
1   2   3   4   5
a). Generatorni salt yurishda tekshirish
Qurilmaning almashlab ulagichlari quyidagi holga qo`yiladi (1.1-rasm):
kuchlanish (15)-12V;
uyg’otish chulg’ami (23)- "bez rele";
yuklama (10)-40A;
voltmetr (25) - RN 20V.

Rasm-1.1 Avtomobil generato-ri, kuchlanish rostlagichi va star-tyorlarini tekshirish va sinashga mo`ljallangan 532-M belgili qurilmasi:


a - umumiy ko`rinishi; b, v, g, d, ye - qurilma panellarining ko`rinishi.
1 - voltmetr; 2-ommetr-taxometr almashlab ulagichi; 3- o`lchov asboblari ko`rsatkich-larini nolga o`rnatish dastasi; 4-ommetr-taxometr ko`rsatkichi; 5- «12V» signal lampasi; 6- ampermetr; 7- «Zaryad» signal lampasi; 8- ampermetr almashlab ulagichi; 9-qisuvchi moslama; 10- yuklama almashlab ulagich; 11- gene-ratorni ulash paneli;12- startyorni ishga tushirish tugmacha-si; 13–startyorni ulash paneli; 14-aylanishlar chastotasini o`zgartirish dastasi; 15–kuchlanish almashlab ulagichi; 16–qisuvchi moslamani ko`tarish-



tushirish) dastasi; 17 - yuklama reostatining dastasi; 18-qurilmani o`chirish kaliti; 19-o`zgaruvchan tok generatorining stator chulg’amlarini ulash paneli; 20 - elektrodvigatel rotorining aylanish yo`nalishini o`zgartiruvchi almashlab ulagich; 21 - kuchlanish relesi o`rnatiladigan joy; 22 - kuchlanish relesini ulash paneli; 23 - uyg’otish toki almashlab ulagichi; 24 - «24V» signal lampasi; 25 - voltmetr almashlab ulagichi; 26 - «Elektr tok tarmog’i» signal lampasi





Rasm-1.2. Generatorning 532-M qurilmaga ulanish sxemasi :


1 - kuchlanish rostlagichi ulanadigan panel, 2 - generator ulanadigan panel

Qurilma elektr manbaiga ulangandan keyin yuklama almashlab ulagichi 10 yordamida (almashlab ulagich "40A" holatidan 2-3 sekundga "B" holatga keltiriladi) akkumulator batareyasi generatorning uyg’otish chulg’amiga ulanadi. Maxovik 14 yordamida elektrodvigatel harakatga keltirilib generator rotorining aylanish tezligi sekin-asta oshiriladi va voltmetr 1 ni kuzatib boriladi. Generator ishlab chiqarayotgan kuchlanish nominal qiymatga(14 yoki 28V) yetganda taxometr 4 yordamida generator rotorining aylanishlar chastotasi o`lchanadi. Bu ko`rsatkich, ya’ni nominal kuchlanishiga to`g’ri keladigan aylanishlar chastotasiga generatorning unum bilan ishlash nuqtasi deb ataladi. O`lchangan kattalik, generatorning texnik tavsifnomasida ko`rsatilgan va unum bilan ishlash nuqtasiga taalluqli bo`lgan aylanishlar chastotasidan katta bo`lmasligi kerak.



Download 251.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling