Generator tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani


Download 73.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.12.2022
Hajmi73.47 Kb.
#1043689
Bog'liq
Generator - Vikipediya



Generator
Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani
bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen
generatori, muz generatori, 
bugʻ generatori

gaz generatori

elektr generatori
 va h. k. Xususan,
elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator
tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini
hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr
energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli
shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy makromodeli
quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi.
Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, 
gidroturbina
,
bugʻ turbina
, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal
generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir
necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs —
30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus
chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi.
Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal Generatordan
modulyatorga beriladi. Modulyatorda signal amplitudasi boʻyicha modulyatsiyalanadi.
Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi ulangan
Generatorlar bajarishi mumkin. Generatorlar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion
qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning turli sohalarida
qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va radioelektronika qurilmalari yaratilgai,
yangi "generatormashina" tizimlari ishlab chiqariladi.


Elektr-mashina generatori
bugʻ generatori
gaz generatori
Oʻlchash generatori
Elektrmashina generatori
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Genera
tor&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Inson energiya ishlab chiqarishi ham mumkin
Yana q.
Adabiyotlar


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
 
Rtfroot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Generator&oldid=2513161

dan olindi

Download 73.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling