Genetic, farm, and lactation effects on behavior and performance of us holsteins in automated milking systems


Download 232.95 Kb.
bet2/12
Sana19.06.2023
Hajmi232.95 Kb.
#1614632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PIIS0022030220307542 (uzb) (2)

Kalit so'zlar: avtomatlashtirilgan sog'ish tizimi, irsiylik, elin konformatsiyasi, xatti-harakati

KIRISH


Avtomatlashtirilgan sog'ish tizimlari (AST) insonning sog'ish jarayonida ishtirok etishiga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi va butun dunyo bo'ylab 10 000 ta sigir podalarida 1,2 milliondan ortiq sigirni sog'ishi taxmin qilinadi (Moyes va boshq., 2014). ASTni joriy qilish uchun eng keng tarqalgan sabablariga mehnat intensvligining pasayishi, boshqa faoliyatga sarflash uchun ko'proq vaqt, yuqori moslashuvchanlik, qo’lda sog'ishning hojati yo'qligi va ijtimoiy hayotning yaxshilanishi kiradi (Mathijs, 2004). Umuman olganda, ASTni o'rnatish bilan bog'liq kapital xarajatlar katta bo'lganligi sababli sog'ish zali tizimlariga qaraganda AST unchalik foydali emasligi kuzatiladi; yaqinda AMS ning ijobiy sof yillik iqtisodiy ta'sirga ega bo'lishi uchun kamida 13 yillik faoliyat talab qilinganligi taxmin qilingan (Salfer va boshq., 2017). AMS tomonidan kuniga yig'ilgan sut miqdorini oshirish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi (Castro va boshq., 2012; Salfer va boshq., 2017); ammo, elin sog'lig'ini saqlash AST bilan qiyin bo'lishi mumkin (Hovinen va Pyörälä, 2011), bundan tashqari tez va oson sog'ish usuli yelin sog'lig'ining yomonlashishiga olib keladi (Rupp va Boichard, 1999; Zwald va boshq., 2005; Pantoja va boshq., 2016). Sog'ish qutisida bir daqiqada sigirdan olinadigan sut miqdorini ko'paytirishni tanlash AMS samaradorligini oshirishi mumkin, ammo bu yelin sog'lig'iga zarar yetkazmasligi kerak.
AMS ma'lumotlaridan foydalangan holda sut mahsuldorligining genetik parametrlari taxmin qilingan (Nixon va boshq., 2009) va AMSda sut mahsuldorligi va an'anaviy sog'ish tizimi o'rtasidagi genetik korrelyatsiya yuqori (Mulder va boshq., 2004). Bundan tashqari, AMS tomonidan yozib olingan katta miqdordagi ma'lumotlar, jumladan, sutkalik sog'ishlar soni (König va boshq., 2006; Nixon va boshq., 2009), sut oqimi tezligi (Karlström va boshq. , 2013, 2014; Wethal va Heringstad, 2019), sog'ish qutisida bir daqiqada yig'ilgan sut (Wethal va Heringstad, 2019), to'liq bo'lmagan sog'ishlar (Carlström va boshqalar, 2016; Wethal and Heringstad, 2019) va apparattan uzilish tufayli yangi xususiyatlarni baholash imkoniyati mavjud. AMS tizimlaridagi sog'ish tezligini kuzatishlar sub'ektiv anketalardagi an'anaviy baholashlarni almashtirish uchun (Wethal va boshq., 2020) yoki an'anaviy sog'ish tizimlaridan sog'ish tezligi ma'lumotlarini to'ldirish uchun (Mulder va boshq., 2004) ishlatilishi mumkin.
So'rg'ichlarni keyingi sog'ishlarda yanada samaraliroq aniqlash uchun AMS tomonidan alohida so'rg'ichlarning joylashishi Dekart koordinatalari sifatida saqlanadi; so'rg'ichlar orasidagi farq va yerdan yelin qavatigacha bo'lgan masofa kabi koordinatalardan olingan o'lchovlar yuqori irsiylikka ega va ko'z bilan baholangan yelin konformatsiyasi bilan kuchli genetik korrelyatsiyaga ega (Carlström va boshq., 2016; Poppe va boshq., 2019) va bu yelinning konformatsiyasini baholash uchun ishlatiladi. Odatiy ravishda qayd etilgan yelin sog'lig'i xususiyatlarini tanlash ham AMS sut mahsuldorligini yaxshilash mexanizmi sifatida taklif qilingan, ammo zotlar o'rtasidagi munosabatlar mos kelmagan(Carlström va boshq., 2016). Shunday qilib, sut mahsuldorligining yelin konformatsiyasi bilan o'zaro bog'liqligi populyatsiyaning boshlang'ich yelin konformatsiyasiga bog'liq bo'lishi mumkin va foydali tavsiyalar berish uchun genetik parametrlarni populyatsiyaga xos tarzda o'rnatish kerak bo'lishi mumkin.
Sigirlarning sog‘ish qutisiga qanchalik tez kirib-chiqishi, sut so‘rg‘ichlarini mahkamlash uchun zarur bo‘lgan vaqt va sigirlarning apparatdan uzilish chastotasi kabi xususiyatlarni tanlash ma’lum bir vaqtda AMS tomonidan yig‘ib olinadigan sut miqdorini oshiradi va sigirlar sog’ish uskunasini buzishi tufayli yuz beradigan AMS ning ishdan chiqish potentsialini kamaytiradi; Bunday xulq-atvor va sog'ish xususiyatlarini yaxshilash sut oqimi tezligini oshirish uchun tanlov bilan solishtirganda mastit bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Garchi AMS tizimlarida ishlash uchun genetik baholashni qo’llash maqsadga muvofiq bo’lsada, bunday ma'lumotlarni Qo'shma Shtatlardagi DHI testi kabi odatiy sutni ko’rsatkichlarini qayd etish tizimlari orqali olishning iloji yo’q. Bulutga asoslangan ma'lumotlarni saqlash kabi boshqa mexanizmlar bunday baholashni osonlashtirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ishga yordam berishi mumkin.
Ushbu tadqiqotning maqsadi laktatsiya davrida AMS xatti-harakati va ishlashi qanday o'zgarishini tasvirlash uchun bulutga asoslangan xizmatdan olingan ma'lumotlardan foydalanish, AQSh Golshteynlarida bunday xususiyatlarning genetik parametrlarini baholash va AMS belgilarining boshqa muntazam ravishda qayd etilgan xususiyatlari bilan genetik aloqalarini aniqlash edi.

Download 232.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling