3. DNK-polimerazalar. Prokariotlarda I, II va III turdagi DNK-polimeraza shakllari ma’lum. Ularning hammasi 2 turdagi faollikka ega: polimeraza va nukleaza. Polimerazali faollik dezoksiribonukleotidlar orasidagi 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog’larining hosil bo’lishida, nukleazali faollik esa fosfodiefir bog’larining gidrolizida namoyon bo’ladi. - 3. DNK-polimerazalar. Prokariotlarda I, II va III turdagi DNK-polimeraza shakllari ma’lum. Ularning hammasi 2 turdagi faollikka ega: polimeraza va nukleaza. Polimerazali faollik dezoksiribonukleotidlar orasidagi 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog’larining hosil bo’lishida, nukleazali faollik esa fosfodiefir bog’larining gidrolizida namoyon bo’ladi.
- DNK polimeraza I replikatsiyada RNK-tomizg’ini parchalaydi va uning o’rnida DNK ning komplementar qismini sintezlaydi. DNK-polimeraza II juda past polimerazali faollikka ega, uning replikatsiyadagi vazifasi aniqlanmagan. DNK-polimeraza III replikatsiyaning asosiy fermenti bo’lib, DNK qo’sh zanjirining ajralgan zanjirida yangi DNK ning komplementar qismini 5¹→ 3¹ yo’nalishda sintezlaydi.
- 4. Ribonukleaza H. Replikatsiyaning borishida RNK-tomizg’i gidrolizida DNK-polimeraza I bilan birga ishtirok etadi.
- 5. DNK-ligazalar (biriktiruvchi fermentlar). Yangi sintezlangan DNK qismlarini bir-biri bilan bog’lovci vazifasini bajaradigan bir nechta fermentlar aniqlangan. DNK-ligazalar NAD+ dan adenilil manbai sifatida foydalanib 3¹→ 5¹ fosfodiefir bo’g’larini hosil qiladi.
Endi mana shu guruhga DNK-polimeraza III yordamida bittadan dezoksiribonukleotidlar ulanishi bilan DNK sintezi 5¹→ 3¹ yo’nalishda davom etadi (zanjir elongatsiyasi), RNK-DNK gibridli zanjiri hosil bo’ladi. Bunda DNK-polimeraza III DNK ning qisqa fragmentlari (Okazaki fragmentlari)ni replikativ ayrining boshqa ona zanjiridan sintezlaydi. DNK-polimeraza III sintez borishi davomida nukleotidlarning noto’g’ri juftlashganda xatolarni tuzatishi mumkin. Agar xatolik ro’y bersa, bu nukleotid o’sha zahotiyoq fermentning nukleazali faolligi hisobiga parchalanadi, yangi nukleotidlar to’g’ri juftlashganda esa uning mavjud bo’lgan DNK fragmentiga biriktiradi. - Endi mana shu guruhga DNK-polimeraza III yordamida bittadan dezoksiribonukleotidlar ulanishi bilan DNK sintezi 5¹→ 3¹ yo’nalishda davom etadi (zanjir elongatsiyasi), RNK-DNK gibridli zanjiri hosil bo’ladi. Bunda DNK-polimeraza III DNK ning qisqa fragmentlari (Okazaki fragmentlari)ni replikativ ayrining boshqa ona zanjiridan sintezlaydi. DNK-polimeraza III sintez borishi davomida nukleotidlarning noto’g’ri juftlashganda xatolarni tuzatishi mumkin. Agar xatolik ro’y bersa, bu nukleotid o’sha zahotiyoq fermentning nukleazali faolligi hisobiga parchalanadi, yangi nukleotidlar to’g’ri juftlashganda esa uning mavjud bo’lgan DNK fragmentiga biriktiradi.
- RNK-tomizg’i DNK-polimeraza III ning ta’siridan keyin maxsus ribonukleaza H yoki DNK polimeraza I yordamida to’liq xalos bo’ladi. RNK-tomizg’i egallagan oldingi joyda DNK-polimeraza I yordamida DNK zanjiri o’sa boshlaydi. Sintezlangan DNK fragmentlari (Okazaki fragmentlari)ning birikishi 3¹→ 5¹ yo’nalishida DNK-ligaza yordamida amalga oshadi.
- Keyingi tekshirishlar DNK sintezining initsiatsiyasi yana ham murakkab ekanligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |