“Nursux Nuri”ATM
Mirzayev Husniddin
Genlarning o'zaro ta'siri
Yuqorida keltirilgan misollardan genlar ta'sirining nisbatan mustaqil ravishda namoyon bo'lishini ko'rdik. No'xat donlarining sariq rang
dominant geni shu belgining yuzaga chiqishini no'xat shaklining geni
ishtirokida ham unga, allel bo'lgan burishgan donlar shaklining
retsessiv geni ishtirokida ham rivojlanaveradi. Dengiz cho'chqalarida qora yoki oq rang geni jun qoplarni
rivojlanishi xarakterini
belgilaydigan genlardan qat'iy nazar o'z ta'sirini ko'rsataveradi. Yuqoridagi misollar bilan tanishib chiqqandan so'ng organizmlar genotipi
bir-biridan mustaqil ravishda ta'sir qilib boradigan ayrim genlar yig'indisidan iborat ekanligi to'g'risidagi tasavvurni hosil qilish mumkin.
Bunday tasavvur xatodir. Ba'zi hollarda genlar ta'siri garchi nisbatan mustaqil bo'lsa-da, lekin ular orasida ko'pincha o'zaro ta'sirning har xil
shakllari yuzaga chiqib keladi
NOALLEL GENLARNING O'ZARO TA'SIRI
KOMPLEMENTAR TASIR
Genotipda allel bo'lmagan genlarning birgalikda yangi belgining rivojlanishiga olib kelishiga
komplementar, ya'ni to’ldiruvchi ta'sirga
ega genlar deyiladi.
Zero, komplementlikda ishtirok etuvchi har xil gen jufti o'zi alohida muayyan belgini rivojlantira olmaydi.
Dastavval genlarning bunday ta'siri xushbo'y hidli oq gulli no'xatni o'zaro chatishtirishda aniqlandi. Keyinchalik komplementarlik boshqa
ko'pgina o'simlik va hayvonlarga xosligi aniqlangan.
Genlarning komplementar ta'siri natijasida paydo bo'luvchi ba'zi belgilar.
T
/r
Belgilar
Organizmlar
1
.
Retinoblastoma kasalligi
Odamlarda
2
.
Nefroblastoma kasalligi
Odamlarda
3
.
Junning rangi (qora, oq, kulrang)
Sichqonlarda
4
.
Normal eshitish qobiliyati
Odamlarda
5
.
Patning rangi (yashil, sariq, havorang, oq)
Holdor to'tilar
6
.
Interferon hosil bolishi
Sut emizuvchilarda
7
.
Gemoglobin molekulasining hosil bo'lishi
Voyaga yetgan odamlarda.
8
.
Uzoqni ko'rmaslik
Odamlarda
9
.
Tojning shakli (yong'oqsimon, gulsimon, no'xatsimon, oddiy tojlik)
Tovuqlarda
1
.
Ko'zning rangi (qizil, jigarrang, oq)
Drozofila pashshasi
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, komplementar genli organizmlar chatishtirishidan hosil bo'lgan
duragaylarning ikkinchi avlodida belgilarning ajralishi odatdagi diduragay chatishtirishdagi kabi ajralish (9:3:3:1) nisbati bilan birgalikda,
Do'stlaringiz bilan baham: