Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 365.71 Kb.
bet66/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

Aralash turdagi masalalar
1- masala. Izoh. Daltonik va shapko’rlik hosil qiluvchi genlar retsessiv bo’lib, X jinsiy xromosoma orqali iriylanadi.

Onasi shapko’r, otasi daltonik bo’lgan normal ko’radigan ayol, ikki belgi bo’yicha sog` erkakka turmushga chiqsa, oilada har ikki belgi bo’yicha kasallangan bolaning tug`ilish ehtimolligini aniqlang.



2-masala. II qon guruhli, qo’yko’z, polidaktiliya bilan kasallangan ona va III guruhli, ko’kko’z, 5 barmoqli otadan I qon guruhli, ko’kko’z, 5 barmoqli farzand tug`ildi (qo’y ko’zlik ko’kko’zlik ustidan, polidaktiliya 5 barmoqli ustidan dominantlik qiladi). Ota-ona genotipini aniqlang.

3- masala. Otasi ko’k ko’zli va daltonik bo’lgan, sog`lom, jigarrang ko’zli ayol, ko’k ko’zli daltonizm bo’yicha sog`lom erkak bilan turmush qurdi. Bu oilada tug`ilgan bolalar qanday fenotip va genotipga ega bo’lishlari mumkin? Ma`lumki, ko’zning jigarrang bo’lishi autosomada joylashgan dominant gen orqali irsiylanadi. Daltonizm esa X-xromosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.

4-masala. Odamlarda gemofoliya X-xromosomada joylashgan retsessiv gen orqali nasldan naslga o’tadi. Albinizm esa autosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalanadi.

Ushbu belgilari bo’yicha sog`lom ota-onadan ikkala belgi bo’yicha kasal o’g`il tug`iladi. Ikkinchi farzandi ham ikkita belgi bo’yicha kasal bo’lib tug`ilish ehtimolini aniqlang.



5-masala. Daltonik va kar-saqov erkak rangni normal ajrata oladigan, yaxshi eshitadigan ayolga uylanadi. Ularda kar- saqov va daltonik o’g`il va daltonik, ammo yahshi eshitadigan qiz tug`iladi. Bu oilada ikkita belgi bo’yicha kasal bo’lgan qiz tug`ilish ehtimolini aniqlang.

( Daltonizm va kar- soqovlik retsessiv belgilaridir, faqat daltonizmni belgilovchi gen X- xromosomada, kar- soqovlikni belgilovchi gen autosomalarda joylashgan).




Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling