Genetika va genomika asoslari
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi
Download 101.69 Kb.
|
Генетика ва геномика 3 курс силлабус
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy mashg‘ulotga tayyorgarlik talabadan nazariy olingan bilimlarini mustahkamlashni, yanada chuqurlashtirishni va umumlashtirishni talab qiladi. Har bir tanlangan amaliy mavzusi ilmiylikni, zamonaviylikni talab qiladi, chunki har bir topshiriqda yangilik elementlari bo‘lishi lozim 1. Respublikamizning noyob durdona obʼekti boʼlgan gʼo’za genetik kolleksiyasining materiallari bilan tanishish. Gen va genom strukturalarni DNK va xromosoma modellari, maketlar va video lavhalar yordamida oʼrganish. DNK replikatsiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar mexanizmlarini video roliklar yordamida oʼrganish. 2. Genetik masalalarning xillari, ularni yechish prinsiplari va genetik tahlil o’tkazishni oʼrganish. Mono va di chatishtirishga doir masalalarni yechish va ularni tahlil qilish. Poliduragay chatishtirishga doir masalalarni yechish va ularni tahlil qilish. 3. Аjralib ketishning statistik xarakteriga doir masalalar yechish (X2 usuli) orqali fenotipik radikallarni aniqlash. Аllel genlarning oʼzaro taʼsir xillariga koʼra belgilarning irsiylanishini tahlil etish. 4. Noallel genlar oʼzaro taʼsirining komplementar tipiga doir masalalar yechish. Noallel genlar oʼzaro taʼsirining epistatik tipiga doir masalalar yechish. Noallel genlar oʼzaro taʼsirining polimer tipiga doir masalalar yechish. Noallel genlar oʼzaro taʼsirining kombinirlangan tipiga doir masalalar yechish. 5. Xromosomalarning molekulyar tuzilishini va autosoma, jinsiy xromosomalarni farqlashni oʼrganish. Belgilarni jins bilan birikkan xolda irsiylanishga doir masalalar yechimining taxlili orqali jins tiplarini farqlash. Belgilarning toʼliq birikkan xolda irsiylanishiga doir masalalar yechish va ularni taxlil qilish. Belgilarning toʼliqsiz birikkan xolda irsiylanishiga doir masalalar yechish va ularni taxlil qilish. Genetik va sitologik xaritalarni yaratish usullari bilan tanishish. 6.Poliduragay chatishtirishga doir masalalarni yechish va ularni tahlil qilish. 7. Molekulyar genetik tahlilga asoslangan masalalarni yechish. Genetik axborotni realizatsiya qilinishida ishtirok etuvchi azotli asoslarni miqdorini aniqlashga doir masalalar yechish. 8. Populyatsiyalar genetikasiga doir masalalar yechishning oʼziga xos prinsiplari. Аlohida olingan oʼsimlik yoki hayvon populyatsiyalaridagi genlar va genotiplar chastotasini aniqlashga doir masalalar yechish. 9. Odam kariotipidagi xromosomalar va genom strukturaga koʼra ularni guruhlarga ajratish. Odam uchun xos dominant yoki retsessiv tipda irsiylanadigan belgilarni farqlash. Odamda jinsiy xromosomaga bogʼlik holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechish. Odamda autosomaga bog’liq holda belgilarning irsiylanishiga doir masalalar yechish. Ajratilgan avditoriya mashg’ulotlarning taqsimoti:
Download 101.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling