Genetikaning yangi yo’nalishlari Guruh
Download 237,04 Kb. Pdf ko'rish
|
Madina Asosiy
Oʻzgaruvchanlik — tirik organizmlar hamda viruslar belgi va xususiyatlarining
xilmaxil boʻlishi. termini organizmlarning yangi belgi va xususiyatlar hosil qilishi yoki eski belgi va xususiyatlarni yoʻqotishini ham ifodalaydi.irsiyatga qarama-qarshi maʼnoni anglatadi. Tabiiy sharoitda paydo boʻladigan tabiiy, yaʼni spontan, eksperimentda hosil qilinadigan. sunʼiy, yaʼni indutsirlangan deyiladi. manbai genetik materialning kombinatsiyasi yoki rekombinatsiyasi, gen yoki xromosoma tarkibining oʻzgarishi, atrof muhit sharoitining taʼsiri boʻlishi mumkin. Tabiatiga koʻra, genotipik, yaʼni irsiy va fenotipik, yaʼni noirsiy shakllarga ajratiladi. Genotipik organizmlar belgi va xususiyatlarining genotip bilan bogʻliq boʻlgan, avlodlarda saqlanib qoladigan (Ch.Darvinga koʻra, aniq boʻlmagan) yaʼni belgilarning keskin oʻzgarishi mutatsiya (mutatsion o’zgaruvchanlik.) yoki organizmlarni duragaylashda belgilarning kombinatsiyalanishi (kombinatsion o’zgaruvchanlik.) tufayli kelib chiqadi Fenotipik o’zgaruvchanlikda genotip oʻzgarmaydi. Organizmning individual rivojlanishi davomida uning yoshi (qarishi) bilan birga barcha morfofiziologik va biokimyoviy belgilarining oʻzgarishi (ontogenetik, yaʼni yosh bilan bogʻliq o’zgaruvchanlik.) bunga misol boʻla oladi. o’zgaruvchanlikning boshqa bir xili modifikatsion o’zgaruvchanlik (modifikatsiya)ni bitta turga mansub, genetik jihatdan bir xil, lekin har xil sharoitda yashaydigan va organizmdan miqdor va sifat jihatdan farq qiladigan individlarda koʻrish mumkin. Modifikatsion o’zgaruvchanlik. (Ch.Darvinga koʻra, aniq boʻlgan o’zgaruvchanlik.) muayyan belgilarning muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi orqali yuzaga chiqadi va ommaviy xususiyatga ega boʻladi. Har xil fizik va kimyoviy omillar taʼsirida yuzaga keladigan modifikatsion o’zgaruvchanlik. morfozlar deyiladi. Muayyan genlar mutatsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan morfozlar fenokopiyapar deb ataladi. Fenotipik o’zgaruvchanlik.ni organizmlardagi belgilar va xususiyatlar bilan emas, balki ular rivojlanish imkoniyatining irsiylanishi asosida tushuntirish mumkin. Shu sababdan genotipning fenotipda roʻyobga chiqishi uchun muayyan sharoit boʻlishi lozim. Mas, oʻsimlik rangining yashil boʻlishi uchun xlorofill sintezlanishini nazorat qiluvchi gen bilan birga yoruglik \am zarur. Muhit sharoiti taʼsirida paydo boʻladigan o’zgaruvchanlik. darajasi ham koʻp jihatdan irsiyatga bogʻliq, chunki genotip har bir belgiga nisbatan organizm reaksiyasi normasini belgilab beradi. Irsiy va noirsiy o’zgaruvchanlik. organizmlarning individual sifat va miqdoriy, mustaqil va korrelyativ (oʻzaro bogʻlangan), adaptiv (moslanishli) va noadaptiv hamda belgilarining va xilmaxilligini belgilab beradi. Evolyutsiya jarayonida o’zgaruvchanlikning turli shakllari bir xilda ahamiyatga ega boʻlmaydi. Irsiy o’zgaruvchanlik. organik evolyutsiyaning asosi va seleksiya uchun material manbai hisoblanadi. Noirsiy o’zgaruvchanlik organizmlarni muhitning oʻzgarib turadigan sharoitiga moslanishini taʼminlaydi. Matematik statistika va solishtirmatavsifiy metodlar — o’zgaruvchanlik.ni oʻrganishning asosiy metodlari. Download 237,04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling