Genosistematika, xemosistematika, kariosistematika to’G’risida tushun-cha


Download 20.47 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi20.47 Kb.
#1599790
Bog'liq
GENOSISTEMATIKA, XEMOSISTEMATIKA, KARIOSISTEMATIKA TO’G’RISIDA TUSHUN-CHA.


GENOSISTEMATIKA, XEMOSISTEMATIKA, KARIOSISTEMATIKA TO’G’RISIDA TUSHUN-CHA.
Sistematika (yun. systematikos — tartibga solingan) — biol. boʻlimi. Hozirgi mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash, roʻyxatga olish va taksonlar boʻyicha tasnif qilish bilan shugullanadi. S. biol.ning barcha boʻlimlari, ayniqsa, evolyutsion taʼlimot maʼlumotlariga tayanadi; kopchilik biol. fanlari uchun asos boʻladi. Ayrim hollarda taksonomiya tushunchasi ham S.ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tasnif qilishda organizmlarni tavsiflovchi ayrim xususiy belgilar (morfologik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik va boshqalar) emas, balki ularning majmuasidan foydalaniladi. Organizm uchun xos xususiyatlar qanchalik koʻproq inobatga olinsa, sistematik birlik organizmlar oʻrtasida qarindoshlikni, yaʼni ularning kelib chiqishidagi umumiylikni shunchalik aniq ifodalaydi. Mas, akulalar bilan kitsimonlarning yoki qushlar bilan koʻrshapalaklarning ayrim tuzilish belgilari oʻxshash boʻlishiga qaramasdan ular har xil sistematik guruhlar (sinflar)ga mansub. Bu hayvonlarning barchasi xordalilar tipiga kiradi. Shuning uchun barcha xordalilar oʻrtasida muayyan oʻxshashlik mavjud.
Organizmlarni tasnif qilishga urinish qad. tarixdan maʼlum (Aristotel, Teofrast va boshqalar); lekin faqat J.Rey (1686—1704) va, ayniqsa, K. Linney (1735-yildan boshlab) ishlari natijasida ilmiy S.ga asos solindi. Dastlabki ilmiy S. organizmlarning faqat tashqi tuzilishiga asoslangan boʻlib, ular oʻrtasida qarindoshlik munosabatlari inobatga olinmaganligidan sunʼiy S. hisoblanadi. Ch. Darvin taʼlimoti S.ga evolyusion mazmun berdi. Evolyusion taʼlimotning yaratilishi bilan S.da organizmlar oʻrtasidagi geneologik munosabatlar asosiy oʻrinni egallay boshladi; sunʼiy S.ning oʻrnini tabiiy S. egalladi.
S.da evolyusion yoʻnalish bilan birga kladistik (filogenetik) va sanokli (fenetik) yoʻnalish ham mavjud. Kladistik metod yordamida alohida shoxlarning filogenetik shajaradan ajralib chiqishiga binoan taksonlar darajasi aniqlanadi. Bu metodda ayrim guruhlardagi evolyutsion oʻzgarishlar miqyosi inobatga olinmaydi. Mas, kladistik metod boʻyicha sut emizuvchilar mustaqil sinf boʻlmasdan, sudralib yuruvchilarning bitta taksoni hisoblanadi. Sanokli, yaʼni rakamli S.da organizmlarning ixtiyoriy olingan koʻpchilik belgilari matematik yoʻl bilan taxlil qilinib, har bir belgiga alohida ahamiyat beriladi. Tasnif alohida olingan organizmlarning birbiridan farq qiladigan belgilariga asoslanib tuziladi. S.ning eng asosiy metodi solishtirmamorfologik metod hisoblanadi. Hozirgi S.da yangi metodlar, mas, elektron mikroskopiya, kariosistematika (xromosoma apparatining tuzilishi) ham qoʻllanadi, 20-asrning oʻrtalaridan boshlab, S.da biokimyoviy maʼlumotlar (xemosistematika)dan ham foydalanila boshlandi. Organizmlardagi asosiy oqsillar molekulasida aminokislotalarning, DNK va r-nK molekulalarida nukleotidlarning ketma-ketligini oʻrganish (genosistematika) S.ni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitadi. Hayvonlar S.sida etologiya (xattiharakatlar)ga oid maʼlumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Yangi metodlarning qoʻllanishi va turning populyatsiya tarkibi oʻrganilishi S.da yangi davrni boshlab berdi.
Har qanday tirik organizmni oʻrganish uchun avvalo uning boshqa organizmlarga nisbatan oʻrnini va ular bilan filogenetik munosabatlarini aniqlash lozim. Turlar oʻrtasidagi sistematik munosabatlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish genetik va biokimyoviy tadqiqotlar uchun ham zarur. S. ayniqsa bir vaqtning oʻzida koʻplab turlar bilan tadqiqot olib boriladigan ekologiya va biogeografiya sohasidagi tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Stratigrafiya va geoxronologiya ham avvalo qazilma hayvonlar va oʻsimliklar S.siga asoslangan. S. tirik tabiatni muhofaza qilishni tashkil etishda benihoya katta ahamiyatga ega
Ekosistemada uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. „Ekosistema“ terminini ingliz botanigi Arthur Tansley taklif etgan (1935-yil). Arthur Tensli taʼrificha, ekologiya nuqtai nazaridan Ekosistema yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim Ekosistemada ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan.
„Ekosistema“ tushunchasini har xil murakkablikdagi va oʻlchamdagi obʼyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, hovuz, koʻl Ekosistemasi bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi Ekosistemasini koʻrsatish mumkin. Oʻrmon ham Ekosistema, uning chegarasida har xil tipdagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqalar Ekosistemani ajratish mumkin. Koʻpincha „Ekosistema“ tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. Ekosistemaning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. Ekosistema terminini sunʼiy Ekosistema (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqalar) ga nisbatan ham qoʻllash mumkin. Ekosistema oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qatʼi nazar Ekosistema turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi.
Download 20.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling