1614-1854 - 240 yil davomida Yaponiya yopiq turgan.
1854 - AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida «Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi.
1858 - Amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo'yildi. Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik huquqi berildi.
1867 - Tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Musuxito foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |