Lava — vulqonlar otilganda yer ichi-
dan oqib chiqadigan juda issiq, erigan tog‘
jinslari.
Litosfera — Yerning ustki, qattiq tosh
qobig‘i.
Litosfera plitalari - litosferaning Yer
po‘sti yoriqlari bilan bo‘linib hosil bo‘lgan
yirik qismlari.
Magma — Yerning yuqori mantiyasida
murakkab jarayonlar natijasida hosil
bo‘lgan yuqori haroratli suyuq modda.
Vulqon otilganda yer yuziga chiqib,
undan lava (otqindi jinslar) hosil bo‘ladi.
Masshtab — joy plani, xarita, chizma-
lardagi
nuqtalar orasidagi uzunlikning
joydagi masofalar uzunligiga nisbati.
Masshtab uch xil bo‘ladi: sonli, chiziqli va
nomli (izohli).
Manba,
daryo
boshi
—
daryo
boshlanadigan, suv oladigan joy: tog‘dagi
qor, muzlik, buloq, ko‘l, botqoqlik.
Mantiya - Yerning Yer po‘sti bilan
yadrosi orasidagi qobig‘i.
M aterik sayozligi — m ateriklarning
suv ostidagi davomi. Chuqurligi 200 m
gacha, eni 1200-1500 km gacha boradi.
Ko‘plab neft, gaz va boshqa konlar bor.
Mavzuli xaritalar — m alum bir xil
geografik obyekt va hodisalar tasvir-
langan xaritalar. Masalan, iqlim xaritasi,
tuproqlar xaritasi.
Meridian
-
geografik
qutblarni
tutashtiruvchi Yer yuzasidan o‘tkazilgan
yarim aylana chiziqlar.
Mezosfera — atmosferaning o‘rta qat-
lami. Yer yuzasidan 50-55 km dan 80
85 km gacha balandlikda joylashgan.
Havo siyrak. Harorat quyi qismida 0 °C
+10 °C dan, yuqori qismida -9 0 °C gacha
pasayadi.
Mo‘tadil mintaqalar — 40°-60° shi
moliy kengliklar va 42°-55° janubiy keng-
liklar orasidagi geografik mintaqalar.
Yilning 4 ta fasli aniq ajralib turadi.
М т е ^ suv — tarkibida erigan holda
turli mineral tuzlar mavjud bo‘lgan suv.
Masalan, Toshkent mineral suvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |