Geoaxborot tizimi
Geoaxborot tizimini turizmda qo‘llash masalalari
Download 160.5 Kb.
|
Geoaxborot tizimlarni qo`llash muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari
Geoaxborot tizimini turizmda qo‘llash masalalari
GIS bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta kartani (yoki plan-sxemani) ko‘rish mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashganlik darajasini oson o‘zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan, shaharda biror bir uyni, uning pod’ezdini, atrofidagi ob’ektlarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Siz ma’lumotlarning mavzuli tarkibi bo‘yicha boshqarish ishlarini ham olib borishingiz mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo‘lmagan ba’zi foydali qazilmalar tasvirlangan kartalarni yopib qo‘yish; zarur bo‘lgan qatlamlarni esa ko‘rsatish mumkin. Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o‘lchamini, uning shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o‘lchash ham mumkin. GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan ob’ektlar ko‘rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo‘lmagan va temir yo‘l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko‘rsatilsin va h.k. Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyin masalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan, suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin bo‘lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo‘nalishini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab rejalarni belgilash mumkin. Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin. Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling