Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari - n. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiѐt, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari - . Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, Arcinfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni misol keltirish mumkin.
Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari - Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo‘ladi: 1. Tayѐrgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan, tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari - 2. YAratilaѐtgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
Geoaxborot tizimlarini qo’llash muammolari - 3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayѐrlash. Kartani nashr qilish. Geodeziya, kartografiya va kadastr, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, Suv resurslari va ulardan foydalanish, Geografiya va Gidrometeorologiya yo‘nalishlari uchun mutahassislar tayѐrlash uchun tuzilgan ―Geoaxborot tizimi va texnologiyalari o‘quv dasturiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |