Geodeziya, kartografiya, geografiya


 O’rta Osiyo olimlarining geodeziya rivojlanishiga qo’shgan hissalari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma

1.4. O’rta Osiyo olimlarining geodeziya rivojlanishiga qo’shgan hissalari. 

IX asrda Arabistonda madaniyat ancha taraqqiy etib, Bag’dodda „Hikmat uyi“ 

nomli ilmiy markaz tuzildi. Unda O‘rta Osiyolik „Yer surati“ nomli asar muallifi 

algebra  fanining  asoschisi  Al-Xorazmiy  hamda  Al-Farg’oniy,  Al-Marvoziy,  Al-

Marvarudiy  kabi  olimlar  ham  ishladi.  Xalifa  Xorun  Al-Rashid  o‘g’li  Al-Ma’mun 

farmoyishiga binoan, 827 yili „Hikmat uyi“ a’zolaridan ikkita ekspeditsiya tuzildi. 

Yer  o‘lchamlarida bo‘lgan tafovutni bartaraf qilish uchun ularga „gradus o‘lchash 

usuli“ ni ishlatib, Yer o‘lchamlarini aniqlash ishi topshirildi. Ular meridianning bir 

gradus  yoy  uzunligini  o‘lchab,  ishni  56,0  milya

13

    va  56,66  milya    natija  bilan 



yakunladilar va hisoblashlar uchun 56,66 milya  natija olindi.

14

 



Xorazmlik  ulug’  olim  Abu  Rayhon  Beruniy  (973 — 1048  yy.)  o‘z  hayotida 

yozgan  150  ta  asaridan  geodeziyaga  oid  40  ta  asar  yozib,  geodeziya  fani 

taraqqiyotiga  ulkan  hissa  qo‘shgan.  Abu  Rayhon  Beruniy  geodeziyaga  taalluqli  

mazkur  asarlar  yer  shari  o‘lchamlarini  ufq  pasayish  burchagini  o‘lchash  orqali 

aniqlash;  geodeziyaning  to‘g‘ri  va  teskari  geodezik  masalalarini  echish  yo‘llarini 

tatbiq  etib,  geografik  koordinatalar  yordamida  yer  yuzasida  ikki  nuqta  orasidagi 

masofaning uzunligini va chiziq yo‘nalishini, shaharlar geografik koordinatalarini 

aniqlash;  geodezik  asboblarni  ixtiro  qilish;  kundalik  hayotda  uchraydigan  amaliy 

geodeziyaga  oid  masalalarni  yechishning  nazariy  va  amaliy  yo‘llarini  belgilash, 

kartografik proeksiyalar va boshqa shu kabi muhim mavzularga bag’ishlangan. 



 

 

 



  1.4.1-rasm.Abu Rayhon Beruniy. 

Beruniy  hisobi  bo‘yicha  Yer  radiusi  6339,58  km  bo‘lib,  hozirgi  vaqtda 

ishlatilayotgan  (Krasovskiy  ellipsoidi)  qiymat — 6371,11  km  dan  farqi  atigi  31,5 

km  ni  tashkil  qiladi.Beruniy  yer  radiusini  hisoblash  usuli  quyidagi  chizmada 

keltirilgan: 

                                                 

13

 Bir milya 1973,21 m 



14

 www.faylasuf.uz 




30 

 

 



1.4.2-rasm.Beruniy yer rdiusini o’lchash usuli chizmasi. 

Bu  chizmaga  asosan  Beruniy  yer  shari  radiusini  hisoblash  usulini  yaratgan. 

Beruniy Maxmud G’aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida Handada 

(32°shimoliy  kenglikda)  tekislikda  qad  ko’tarib  turgan  tog’  tepasiga  chiqib, 

astrolyabiya,  ya’ni  burchak  o’lchagich  asbob  yordamida  gorizontal  pasayish 

burchagini (2-shaklda 

 burchgini) o’lchagan.Shu bilan birga, tog’ning balandligi 



(h) ni ham aniqlagan. 2-shaklga ko’inishicha, yer sharining radiusi   

cos


1 cos

R

h



                                                (3) 



ga  teng.  Beruniyni  aniqlashicha  yer  meridianining  32°  shimoliy  kenglikdagi  

1°  yoyining  uzunligi  55,887  milga

15

  teng.Hozirgi  hisoblashlarga  32°  shimoliy 



kenglikda meridian 1° yoyining uzunligi  110,88 km ga teng. Demak, Beruniyning 

gradus o’lchash natijalari o’z davri uchun juda aniq bo’lib hisoblanadi.

16

 Bulardan 



tashqari,  Beruniy  o‘zining  geodeziyaga  oid  asarlarida  joyda  nuqtalarni 

kuzatishdagi  qarash  nurining  havoda  sinishi  (refraksiya)  va  parallaks  hodisalari 

(qaralgan  narsaning  siljib  ko‘rinishi)  haqida  va  o‘lchash  xatolarining  asosiy 

xossalari,  gorizont  uzoqligini  aniqlash  kabi  masalalar  haqida  ham  o‘z  fikr  va 

mulohazalarini bayon etgan. 

O’sha  davrlarda  geodeziyaga  mustaqil  fan  deb  qaralmay,  geodezik 

masalalarni  matematika,  astronomiya  yoki  geografiya  fanlariga  oid  deb  qaradilar. 

Lekin  Beruniy  birinchi  bo’lib,  geodezik  masalalarni  boshqa  fanlardan  ajratib, 

geodeziyani mustaqil fan holiga keltirdi. 

Beruniy  Xorazmda  yashagan  ilk  davridayoq  (22  yoshigacha)  Qiyot  shaxrida 

muhim  kuzatishlar  o’tkazgan.  U  “Geodeziya”  nomli  asarida  astranomik  kuzatish 

uchun zarur bo’lgan  asboblar yasaganligini, 990-991-yillarida Xorazm shahrining 

                                                 

15

 Hozirgi o’lchov birligida 110,275 km ga teng. 



 

 



31 

 

kengligi  va  yarim  kunlik  quyosh  balandligini  ko’rsatadi.  Ayrim  tarixiy 



ma’lumotlarga  va  Beruniyning  o’zi  xaqida  “Geodeziya”  asarida  keltirilgan 

izoxlariga asoslanib, professor P. G. Bilgakof olimning ilmiy  – ijodiy ishi o’n olti 

yarim yoshidan boshlangan degan xulosa chiqaradi. U sharqda birinchi bo’lib Yer 

sharining  nusxasi  (globus)  ni  yaratdi,  yulduzlar  xarakati  shu  jumladan,  yerning 

quyosh  atrofida  aylanishini(  geliosentrik  sistema)  xaqidagi  gipotezaning 

to’g’riligiga  ishonch  bildirdi.  Bu  gipotezaning  to’g’riligi  XVI  asrdagina  ulug’ 

polyaq  astranomi  Nikalay  Kopernik  isbot  qildi.  Binobarin,  bu  haqiqatni  Beruniy 

Nikalay  Ko’pernikdan  besh  yuz  yil  ilgariyoq  e’tirof  etganliginining  o’zi  ham 

olimning o’tkir aqliy taqsim va hurmatga sazovorligini ko’rsatadi. 

Yer  aylanasining  uzunligini  topish  haqida  Beruniy  bunday  deydi:  «Yer 

aylanasining  uzunligini  topish  uchun  hamma  hollarda  ham  shu  topilgan  topilmani, 

ya'ni  radiusni  ikkilantirib  22  ga  ko‘paytir,  hosil  bo‘lgan  ko‘paytmani  7  ga  bo‘l, 

shunda sen o‘lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi kelib chiqadi». 

Beruniy  aytgan  amallarni  bajarganda  l=2πR  ni  aylana  uzunligini  hisoblash 

mumkin. Bunda 22/7=3,14.... (π)ni ifodalaydi. 

 Beruniyning  eng  mashhur  asarlaridan  biri  “Geodeziya”  dir.  Bu  asar  

shaharlar    orasidagi  masofalarni  aniqlash  uchun  joylarning    chegaralarini 

belgilashga doirdir. 

Shu  o’rinda  “Geodeziya”  asari    haqida    ikki  og’iz  so’z:  Beruniy  1017  yil  

G’aznada ushbu asarni yozishga kirishdi  hamda 1025- yil 20- oktyabrda uni yozib  

tugatdi.    Asarning  to’la  nomi  “Aholi  yashaydigan  joylar    orasidagi    masofalarni  

aniqlash  uchun    o’rinlarning    chegaralarini  belgilash”,    qisqartirib    fanda 




Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling