Geodeziya, kartografiya, geografiya


Download 315.68 Kb.
bet1/6
Sana25.11.2021
Hajmi315.68 Kb.
#177419
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
GULASAL KURS ISHI(1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA” KAFEDRASI



GEODEZIYA” FANIDAN



KURS LOYIHASI

Mavzu: Gps tizimlar va ularda topografik s’yomkani bajarish

Kurs loyihasi rahbari ________________ Panayev S

Loyhalovchi

192-gurux ________________ Xaitova G

Urganch 2020 yil

Reja:

Kirish

I.BOB GPS TIZIMI XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.

1.1. GPS tizimi xaqida

1.2. Stonex S3 Seriyali GPS priyomniklari bilan tanishuv.

1.3. GPS segmentlari

II.BOB GPSNING SYOMKASI VA PRIMNIKLARI

2.1. GPS SYOMKA



2.2. GPSning priyomniklari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.

O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada jadallashtirish va rivojlantirish bo’yicha xukumat tomonidan olib borilayotgan agrar siyosatini amalga oshirishda davlat geodezik ishlarni zamon talabi doirasida yuritilishi katta axamiyat kasb etadi. Shu bois respublikamizga bir qator zamot talabi doirasidagi texnika va texnologiyalar investorlar tomonidan investistiya kiritish yo’li orqali kirib kelmoqda.

Dunyoda etakchi geodezik asboblarni ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan zamonaviy optik elektron asboblar, elektron raqamli nivelir bilan birgalikda navigatorlar ishlab chiqarilmoqda.

GPS priyomniklar eng ko’pi o’n ikkita sun’iy yo’ldosh bilan bog'lanish imkonini beradi va eng kami oltita sun’iy yo’ldosh bilan bog'langanda ishchi holga keladi. Aniqlik darajasi relef murakkabligi, rover antenasining radiusi ochig'ligi va ob-havo sharoitiga karab o’rtacha 60 santimetrni tashkil etgan. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlar qo’shimcha vaqt va qo’shimcha mutaxassisning intelektual salohiyati talab qilinadi. Bu esa o’rtacha murakkablikdagi bo’lgan 3 gektar xududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida uch nafar etuk malakali mutaxassis 3 kun davomida ish olib borgan va GPS priyomnikda olingan ma’lumotlarni davlat geodezik punktiga bog'lash uchun qo’shimcha bir kunni talab qilgan. Xozirda yanada takomillashgan GNSS priyomniklari esa aniqlik darajasi va etuk malakali mutaxassis ish sarfi jixatidan qulay va samarali ekanligi aniqlandi. Aniqlik darajasini oshirish maqsadida qilinadigan geodezik va geoinformatik ishlarni GNSS priyomnik avtomatik tarza amalga oshiradi. O’rtacha murakkablikdagi bo’lgan 3 gektar xududni 1:500 masshtabdagi planini tuzish maqsadida qilinadigan geodezik ish uchun kamida ikki nafar etuk malakali mutaxassis 1 kun davomida ish olib borish va davlat geodezik punktiga bog'lash uchun qo’shimcha vaqt talab qilinmaydi.



1973 yilda AQSHning Mudofaa vazirligi vaqtni va harakat doirasini hisobga oladigan navigatsiya tizimini NAVSTAR (Navigation System with Time and Ranging) - joyni aniqlash global tizimini (global positioning system (GPS)) rivojlantira boshladi va birinchi sun’iy yo‘ldoshni 1978 yilda uchirgan edi. Bu sun'iy yo'ldoshlarlar 1987 yilda majud bo‘lgan boshqarish tizimi bilan asosan tajriba tusiga ega edi. Hozir GPS sun'iy yo'ldoshlarlari to‘liq boshqaruvchan bo‘lishi bilan, nisbiy joyni birnecha millimetrlar aniqligida juda qisqa kuzatuv muddatida bir necha minutda aniqlashga yerishish mumkin. 5 km dan ortiq masofalar uchun GPS, EDM traverzasi bilan o‘lchashdan aniqroq bo‘lmoqda. SHuning uchun u geodeziyada keng qo‘llanila boshladi va uning ta’siri EDM ni yaratishdan ham muhimroqdir.


Download 315.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling